Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jarayon #vazir #texnikum #uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahrida joylashgan Karim Zaripov nomidagi Estrada va sirk texnikumi faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab texnikum o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, texnikum o‘qituvchi va xodimlari bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Muloqot davomida ularning muammo hamda takliflari tinglanib, kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍39👏7🔥5🎉1
#Davlat_dasuri_loyihasi #muhokama #Jamoatchilik_kengashi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan birgalikda “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Prezident farmoni loyihasi muhokama qilindi.
___

В Министерстве высшего образования, науки и инноваций совместно с членами Общественного совета обсудили проект государственной программы по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в рамках Года охраны окружающей среды и «зелёной» экономики.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🔥3
#foydali_eslatma #abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23😁2🎉2🔥1👏1
Navoiy davlat universiteti Kuzatuv kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

18-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida Navoiy davlat universiteti Kuzatuv kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitetning akademik va moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lishi munosabati bilan muhim hujjatlar, tashkiliy tuzilmalar va rejalar tasdiqlandi. Universitetning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33310

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍42❤11😁4🤔2
Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berildi

18-yanvar kuni Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgani munosabati bilan navbatdan tashqari Kengash yig‘ilishi oʻtkazildi.

Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fanining yetuk namoyondalaridan biri bo‘lib, u matematika, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.

Universitetga buyuk allomaning nomi berilishi yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://urdu.uz/ru/news/4746

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegramо
👍62🎉11😁7😱3🤩2