Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

22-yanvar kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤12😁5
#Dayjest #Yakuniy
#Kuzgi_semestr

Oliy ta’lim tashkilotlarida 2024-2025 o‘quv yili kuzgi semestr yakuni bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari qizg‘in davom etmoqda

➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi;

➖Toshkent davlat yuridik universiteti;

➖Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖TTA Termiz filiali;

➖O‘zbekiston milliy universiteti;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖TATU Nukus filiali;

➖Termiz davlat universiteti;

➖SamDU Urgut filiali;

➖O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

➖Urganch davlat universiteti;

➖Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖Andijon davlat pedagogika instituti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;

➖Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖SamDVMCHBU Nukus filiali;

➖O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

➖Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖TATU Farg‘ona filiali;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖Qoʻqon davlat pedagogika instituti;

➖SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

➖Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖OʻzMU Jizzax filiali;

➖Andijon davlat pedagogika instituti;

➖O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;

➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖TDIU Samarqand filiali;

➖Navoiy davlat universiteti;

➖Termiz davlat pedagogika instituti;

➖Qarshi davlat universiteti;

➖Namangan davlat chet tillari instituti;

➖Namangan muhandislik-qurilish instituti;

➖Fargʻona politexnika instituti;

➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

➖O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali;

➖Guliston davlat universiteti;

➖Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;

➖O‘zDJTSU Farg‘ona filiali;

➖O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

➖Milliy rassomlik va dizayn instituti;

➖Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

➖Namangan davlat universiteti;

➖TKTI Yangiyer filiali;

➖Samarqand davlat chet tillari instituti;

➖Nukus konchilik instituti;

➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

➖Andijon davlat universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48❤6🔥3😱3👏1
#Mirziyoyev #qabul #JICA #hamkorlik

O‘zbekistonda Yaponiya universiteti ochilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Akixiko Tanakani qabul qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41🔥4❤3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat #sertifikat #biologiya

📹 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e’tiboringizga havola etilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
#Xushxabar #reyting #THE

☄️Respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular:

➡️ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600;
➡️ Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800;
➡️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi.

Bu yutuqlar so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimi, jumladan muhandislik, aniq va tabiiy fanlarga berilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq nafaqat yurtimiz, balki xalqaro darajada ham tan olinayotganidan dalolatdir.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33683

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70👏13😁9🤩6😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman #ilmfan

Dunyoning 90 ta davlatidan 150 ta universitetni oʻz ichiga olgan “Yevroosiyo alyansi” bilan hamkorlikda Toshkent davlat transport universitetida “Global universitetlarda xalqarolashtirish, tadqiqot va sifatni boshqarish: Barqaror rivojlanish maqsadlariga strategik yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

Seminarda bevosita 20 dan ortiq, shuningdek, respublika hududlaridan 50 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari rektor va mas’ul vakillari masofaviy shaklda ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan boʻlishdi. Tadbir xalqaro ta’lim hamkorliklarini mustahkamlash, yangi tashabbus va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish uchun samarali platforma bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33711

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targʻibot #turizm

Polshada O‘zbekiston madaniy meroslari taqdimoti o‘tkazildi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida Polsha Respublikasining Varshava shahrida Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan “Oʻzbekiston madaniy merosi va islohotlari” nomli targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bilan bevosita hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda turli rasmiy tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤5
#Mirziyoyev #taqdimot #oliytaʼlim #ilmfan

2025-yilda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍60❤10🤔3🔥2🎉2