Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari

21-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining qurilishi yakunlanayotgan yangi binosini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi binoda yaratilayotgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv xonalar hamda laboratoriyalar bilan tanishildi.

Shuningdek, ilg‘or muhandislik maktablarini takomillashtirish va ilmiy-innovatsion loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥5❤2😁2🥰1
#kasbiy_taʼlim #kitobxonlik

Kasbiy taʼlim muassasalarida kitobxonlik tanlovlari oʻtkazilmoqda


Ayni kunlarda respublika bo‘ylab kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni kitob mutolaasiga oʻrgatish, kitobni sevish, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va oʻz isteʼdodlarini namoyon qilish uchun kitobxonlik boʻyicha hududlar miqyosida 10 dan ortiq turli tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, “Eng yaxshi kitobxon”, “Eng yaxshi axborot-resurs markazi”, “Oyning eng yaxshi kitobxoni”, “Eng koʻp oʻquv va badiiy adabiyot oʻqigan oʻquvchi” koʻrik tanlovlari, “Kitobxon millat” shiori ostida haftaliklar, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz” sheʼrxonlik tadbiri, 2024/2025-o‘quv yillar uchun nashr etilgan yangi avlod kitoblarining taqdimotlari, mashhur shoir va yozuvchilar bilan davra suhbatlari, qadimiy va nodir qoʻlyozma asarlari bilan tanishish va mutolaa qilish, taʼlim muassasasiga homiylar, ota-onalar hamda korxona va tashkilotlar tomonidan kitoblarni taqdim etilishi boʻyicha aksiyalar oʻtkazish kabi ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugunga qadar o‘tkazilgan tanlovlarda 150 ming nafardan ortiq oʻquvchi ishtirok etib, ularning 765 nafari tanlov gʻoliblari sifatida moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlandi hamda faxriy yorliq va homiylar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun, mazkur tanlov va tadbirlar o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim

Germaniya ta’lim standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi

22-yanvar kuni Farg‘ona politexnika institutida “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’limga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda tuman (shahar) hokimliklari va yirik ish beruvchi korxona hamda tashkilotlar vakillaridan iborat 500 nafarga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Forum davomida kasbiy taʼlim tizimida ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorliklarini kuchaytirish hamda birgalikda dual taʼlim shaklini keng joriy etish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33781

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25👏2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistondagi OTM Turkiy universitetlar ittifoqiga raislikni qabul qildi

22-yanvar kuni Toshkentda Turkiy Universitetlar Ittifoqi (TURKUNIB) raisligini Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot universitetidan Toshkent Xalqaro universitetiga rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33881

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤2
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

O‘zbekiston-Xitoy: kasbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik

Xitoy Xalq Respublikasining “Chongqing Three Gorges” tibbiyot kolleji hamda Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘rtasida tibbiyot sohasida hamkorlik o‘rnatildi. Hamkorlik doirasida tibbiyot texnikumlarining 6 nafar rahbar va pedagog kadrlari Xitoyda tashkil etilgan bir oylik o‘quv dasturida ishtirok etdilar.

Shuningdek, hamkorlikdagi ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida “Chongqing Three Gorges” tibbiyot kollejining maxsus delegatsiyasi Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida texnikumda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. So‘ng, tibbiyot sohasida qo‘shma dasturni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Reja asosida 2025-yil davomida texnikumning 2 nafar o‘qituvchisini Xitoyga tibbiyot yo‘nalishida malaka oshirish uchun yuborilishiga kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤5🔥1