Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Universiada

O‘zbekiston talabalari Germaniyadagi XXXII-Yozgi Universiadada g‘alaba uchun kurashga shaylanmoqda


Joriy yilning 16-27 iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahrida talabalar ishtirokida XXXII-Yozgi Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Xalqaro Universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) taklifnomasiga muvofiq, O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham mazkur musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34002

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

Kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi


🔰“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025-y.) qabul qilindi.

➡️ Qarorga ko‘ra:

✔️ Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📕 Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

📜 Unda talabalarni o‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.

🌐 Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan startap loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

🎓 2025/2026 o‘quv yili uchun universitetga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga 100 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:

🔹ajratiladigan davlat grantlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida taqsimlanadi;

🔹navbatdagi o‘quv yilidan boshlab davlat granti davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari asosida ajratiladi;

🗓 Universitetda o‘quv jarayoni 2025-yil sentyabr oyida boshlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥6❤4🤩3🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Malta: oliy taʼlim va ilm-fanda hamkorlik

23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Malta Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Karmelo Inguanez bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda tomonlar oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash uchun qator yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34054

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤6
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Texnikum o‘quvchilari Germaniyada amaliyot o‘tashi rejalashtirilmoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi ayni paytda Germaniya Federativ Respublikasida amaliy xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Gyote instituti tomonidan tashkil etilgan mazkur safar davomida delegatsiya vakillari Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan Gyote instituti, Flensburg shahridagi kasb-hunar maktabi, shuningdek, o‘quvchilar amaliyot o‘tashi belgilangan mehmonxonalarda bo‘lishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34068

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍27❤4👏2🤔1
#xizmat_safari

Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan joylarda vazirlikning ishchi guruhlari faoliyat yuritmoqda


Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishib, 2025-yil tizimda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab bergan edilar.

Hozirda mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan joylarda vazirlikning ishchi guruhlari faoliyat yuritmoqda.

24-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Ishchi guruh rahbari Qo‘ng‘irotboy Sharipov Nukus davlat pedagogika institutida hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Shundan so‘ng vazir yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida g‘olib deb topilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlarni taqdirladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34031

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤5🔥2🥰1👏1