Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston–Malayziya: Innovatsion hamkorlik va taʼlimdagi yangilanishlar


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya 20–24-yanvar kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Safar davomida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazib, Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanishi va xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34076

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤1
#dayjest #milliy_libos

Oliy ta’lim tashkilotlarida “Milliy liboslar” kuniga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda


➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi;

➡️Jizzax politexnika institutida “Milliy libos – ayol ko‘rki” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Milliy libos - millat qiyofasi" nomli badiiy tadbir tashkil etildi;

➡️Jizzax davlat pedagogika universitetida “Milliy libos-millat faxri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;

➡️Namangan davlat chet tillar institutida “Tengdoshdan-tengdoshga” nomli ilhomlantiruvchi tadbir tashkil etildi;

➡️Jizzax Sambhram universitetida “Milliy libos-millat faxri” mavzusida chellenj bo‘lib o‘tdi;

➡️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida milliy liboslar kuni o‘tkazildi;

➡️Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida talabalari tomonidan “Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi” mavzusida milliy liboslar tarannum etildi;

➡️Termiz davlat pedagogika institutida milliy liboslar taqdimoti tashkil etildi;

➡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Milliy kiyimlar – millat faxridir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi;

➡️Buxoro davlat universitetida milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi;

➡️Alfraganus universitetida milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish asosida loyiha tashkil etildi;

➡️Andijon davlat pedagogika institutida “An’anaviy milliy liboslar kuni” belgilandi;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “O‘zbekistonning tarixi va madaniyati bo‘ylab sayohat taqdimot-konserti” nomli tadbir tashkil etildi;

➡️Turon universitetida “Milliy liboslar haftaligi” o‘tkazildi;

➡️O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Milliy liboslar haftaligi” tashkil etildi;

➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida milliy taomlar tayyorladilar va barchaga ulashdilar;

➡️Guliston davlat pedagogika institutida milliy liboslar kuni tashkil etildi;

➡️“University of Business and Science”da milliy liboslar kuni nishonlandi;

➡️Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi tashkil etildi;

➡️Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy libosda bir kun” aksiyasi boʻlib oʻtdi;

➡️Qarshi davlat universitetida millat ko‘rki bo‘lgan liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉5❤2🔥1
#sarhisob_murojaat2024
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.
___

Анализ обращения физических и юридических лиц в Министерство высшего образования, науки и инноваций за 2024 году в цифрах.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1🤔1
Munosabat / Taʼziya

2024-yil 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlab ogʻir tan jarohati olgan talaba qizga tibbiy yordam koʻrsatilganiga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmadi.

Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.

Marhuma qizning dafn marosimi yaqinlari ishtirokida oʻtkazildi. Institut rahbariyati oilasiga moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatib, ogʻir kunlarda ular bilan birga boʻldi.

Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik koʻmak yoʻlga qoʻyildi. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar oʻtkazilib, ularning fikrlari oʻrganildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😱16❤4🔥1
#Prezident_topshirigi #tafsilot

22-yanvar sanasida Prezidentimiz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining sohadagi ustuvor vazifalarga oid taqdimoti bilan tanishib, 2025-yilda tizimda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab bergan edilar. Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Termiz davlat universitetida boʻlib, viloyat OTM rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Jarayonda davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yilda oliy ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, oliy taʼlim tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, taʼlim eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha berilgan topshiriqlar, uning ijro mexanizmi xususida koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥4❤2
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Kasbiy taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalarni yaratish boʻyicha tanlov e’lon qilinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi kasbiy taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalar yaratish tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

☑️ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
☑️qatnashchining soʻrovnomasi;
☑️oʻquv adabiyoti konsepsiyasi;
☑️oʻquv adabiyotining reja-prospekti;
☑️bitta bobning namuna matni.

Takliflar joriy yil 10-fevral kuniga qadar k.mavlyanov@edu.uz elektron manziliga yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida taʼlim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etishish soʻraladi.

Aloqa uchun:
☎️ +998555200808 (148),
📱 +998973443465

➡️Oʻquv qoʻllanmani yaratishga qoʻyiladigan talablar

➡️Kasbiy taʼlim muassasalari uchun 2025-yilda yaratilishi rejalashtirilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥1