Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #Prezident_topshirigʻi_ijrosi
#ishchi_guruh_faoliyati

Prezident topshirigʻi boʻyicha Respublika ishchi guruhlarining OTMlarda olib borayotgan oʻrganish ishlari boʻyicha dayjest


➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

➡️Qoraqalpoq davlat universiteti;

➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;

➡️Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

➡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➡️Buxoro davlat universiteti;

➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➡️Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

➡️Navoiy davlat universiteti;

➡️Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

➡️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➡️Guliston davlat pedagogika instituti;

➡️Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤3🔥3👏1🤔1
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-25-son, 24.01.2025-y.) tasdiqlandi.


🔰 Qarorga ko‘ra, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📌 Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

✔️ Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

🗓 2025/2026-o‘quv yiligacha Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.

🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:

➡️ Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.

➡️ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarida to‘liq davlat granti asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

✅ Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40😱14🔥5👏5❤3
#muhandislik #Prezident_topshirigʻi_ijrosi

📹 7 oy ichida 8 ta muhandislik maktabi tashkil etildi. Xo‘sh, ular bugun qanday ishlayapti?
___

📹 За 7 месяцев создано 8 инженерных школ. Как они работают сегодня?

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍30❤3🔥3👏1
4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi quyidagi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

➡️Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis;
➡️Ingliz tili o‘qituvchisi;
➡️Axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis;
➡️Aloqa va axborot texnologiyalari bo‘linmasi mutaxassisi.

📌 Tanlovda nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

🔹 O‘qituvchilarga:
Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja (PhD, DSc) va ilmiy unvonga (professor), shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga egaligi, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori talablariga muvofiq, kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

🔸 Mutaxassislarga:
O‘z mutaxassisliklari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari, kompyuterda ishlashni va turli xil dasturlarni o‘rnata bilishlari shart. 

🗓 Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab 1 oy muddat ichida qabul qilinadi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3a-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon 71-217-81-01.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥4
#davra_suhbati

28-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda rejalashtirilgan strategik vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan an’anaviy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi Oqil Salimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirok etib, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari, yosh xodimlar, tyutorlar, professor-o‘qituvchi hamda magistrlarga ma’ruza qildilar.

Tadbirda 2024-yilda oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ishlar, jumladan muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, 2025-yilda ko‘zda tutilgan oliy va kasbiy ta’lim tizimidagi yangi tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤5🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

🧪 Toshkent shahridagi Adju universitetida 22-fevral kuni “Aqlli texnologiyalar va tadqiqotlarda innovatsion yondashuv: raqamli kelajakni yaratish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

🔰Anjuman yo‘nalishlari:
➡️Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikning rivojlanayotgan tendensiyalari.
➡️Qurilish texnologiyalaridagi innovatsiyalar.
➡️Sun’iy intellekt va biznes: sun’iy intellektning biznes jarayonidagi o‘rni.
➡️Raqamli davrda tilning o‘rni.

📃 Batafsil ma’lumot axborot xatida

Qo‘shimcha ma’lumot uchun bu yerga yozing👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3❤2
#yoshlar_siyosati #taqdimot #uslubiy_qoʻllanma

Yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma taqdimot qilindi

28-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari to‘g‘risida” nomli uslubiy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari va dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlarni tizimli o‘tkazish, talabalarni foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish, yoshlar orasida giyohvandlik va zararli odatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir asnosida bu borada hamkorlikda qilinadigan ishlar va mazkur uslubiy qo‘llanmani oliy ta’lim muassasalarida keng tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤5