Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #maʼrifat

– Islom sivilizatsiyasining, islom ta’limotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥2
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik kengaymoqda


28-yanvar kuni Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Germaniyaning “AVESTOS GmbH” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan forum natijalari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tomonlar O‘zbekistonda kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishdi. Shuningdek, kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34501

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2🔥1
#kasbiy_musobaqa

“WorldSkills Samarkand-2025” V milliy kasblar musobaqasi start oldi


Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “WorldSkills Uzbekistan” Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida “WorldSkills Samarkand-2025” V milliy kasblar musobaqasi o‘tkazilmoqda.

29-yanvar kuni mazkur bellashuvning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Farruxjon Jo‘rayev, ESABning Markaziy Osiyodagi rahbari Yekaterina Tatarinova, Shveysariyaning “Oʻzbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi rahbari Simone Strasburger, shuningdek, ish beruvchi korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Marosim davomida chempionat ishtirokchilari va ekspertlar qasamyod qabul qilib, o‘z kasbi bo‘yicha birinchi modulni bajarishga kirishdilar.

📌 Musobaqada jami 146 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ular 4-fevralga qadar elektromontaj, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, payvandlash texnologiyasi va santexnika texnologiyasi kasblari bo‘yicha bellashadilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34505

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤4🤔2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targ‘ibot #turizm

Indoneziyada “Osiyo davlatlari milliy modasi va san’ati” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Osiyo davlatlari milliy modasi va san’ati” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanda o‘zbek milliy liboslari va qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilib, turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbir O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va an’anaviy san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish barobarida, xorijiy davlatlar bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16🥰2❤1🔥1
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍45🔥7❤5🎉3👏1