Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kasbiy_musobaqa

“WorldSkills Samarkand-2025” V milliy kasblar musobaqasi start oldi


Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “WorldSkills Uzbekistan” Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida “WorldSkills Samarkand-2025” V milliy kasblar musobaqasi o‘tkazilmoqda.

29-yanvar kuni mazkur bellashuvning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Farruxjon Jo‘rayev, ESABning Markaziy Osiyodagi rahbari Yekaterina Tatarinova, Shveysariyaning “Oʻzbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi rahbari Simone Strasburger, shuningdek, ish beruvchi korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Marosim davomida chempionat ishtirokchilari va ekspertlar qasamyod qabul qilib, o‘z kasbi bo‘yicha birinchi modulni bajarishga kirishdilar.

📌 Musobaqada jami 146 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ular 4-fevralga qadar elektromontaj, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, payvandlash texnologiyasi va santexnika texnologiyasi kasblari bo‘yicha bellashadilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34505

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤4🤔2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targ‘ibot #turizm

Indoneziyada “Osiyo davlatlari milliy modasi va san’ati” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Osiyo davlatlari milliy modasi va san’ati” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanda o‘zbek milliy liboslari va qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilib, turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbir O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va an’anaviy san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish barobarida, xorijiy davlatlar bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16🥰2❤1🔥1
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍45🔥7❤5🎉3👏1
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi

“Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-14-son, 16.01.2025-y.) Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlangan.


🔰Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

➡️oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;

➡️“Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;

➡️talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;

➡️dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

✔️ Har yili 1-iyunga qadar dual ta’lim shaklida talabalarni qabul qiladigan korxonalar imkoniyatlari o‘rganiladi va dual ta’lim tashkil qilinadigan korxonalar ro‘yxati e’lon qilinadi.

✔️ Har yili 1-sentabrga qadar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalarning korxonalarga biriktirilishi bo‘yicha korxona, talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuziladi.

✔️ dual ta’lim tashkil qilingan korxonalarda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar doimiy monitoring qilinadi.

📌 Shuningdek, ushbu qaror bilan Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🟢Mazkur nizom dual ta’lim jarayonini tashkil etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni muvofiqlashtirish, oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31😁2
⭕️⭕️⭕️4️⃣4️⃣4️⃣

📣 Ingliz tili fani bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!

Ertaga, 31-yanvar kuni soat 15:00 da ingliz tili fani bo‘yicha faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “TOEFL iBT: test tuzilishi, tayyorgarlik vositalari va ro‘yxatga olish jarayoni” mavzusida onlayn vebinar tashkil etiladi.

📖 Vebinar dasturiga ko‘ra:

✅TOEFL iBT imtihonining tuzilishi haqida batafsil ma’lumot;
✅Tayyorlanish uchun zarur manbalar va vositalar taqdimoti;
✅Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma;
✅Ishtirokchilarning savollariga javoblar o‘tkaziladi.

🕑 Sana: 31-yanvar soat 15:00 (O‘zbekiston vaqti bilan) / 3:00 PM (Uzbekistan time)
📍Format: onlayn

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: ETS EMEA Event, State Test Center, January 31, 2025

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤1
Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 30-yanvar kuni “QS: Academic Reputation (40%)” mavzusida xalqaro olimlar va milliy tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya…
#Live

Onlayn konferensiya boshlandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “QS: Academic Reputation (40%)” mavzusida xalqaro olimlar va milliy tadqiqotchilar ishtirokida onlayn konferensiya boshlandi.

Ishtirok etish uchun havola:👉 https://surl.li/bdiuln

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4
#Vazir #TATU #Ochilish #Markaz #MaʼnaviyatVAMaʼrifat #JadidlarMerosi

TATUda “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi ochildi


30-yanvar kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34609

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤6👏5🔥1