Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#targʻibot #turizm #taʼlim #YUNESKO

Tailandda O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etildi


Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi tomonidan Tailandning Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetida O‘zbekiston tarixi va milliy madaniyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirini o‘tkazildi.

Tadbirda Chulalongkorn universiteti vakillari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus a’zolari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Ular O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixiy merosi hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga katta qiziqish bildirdi.

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh Konsulxonasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir doirasida:
➡️O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’rifiy merosi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi;
➡️Milliy hunarmandchilik va qandolat mahsulotlari namunalari namoyish etildi;
➡️Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi;
➡️Mumtoz g‘azallar asosida teatrlashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.

Yig‘ilganlar mazkur tadbirlar O‘zbekistonning milliy madaniyati, san’ati va tarixiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2
#qonunchilik_yangiliklari

☄️Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus platforma orqali shakllantiriladi

“Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma (Platforma) orqali shakllantiriladi.

🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:

✔️ oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan ma’lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi;

✔️kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 4 yillik davrga ishlab chiqilib, har yili mehnat bozorining o‘zgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlashni inobatga olgan holda, Platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.

🌐 Platformaga quyidagi ma’lumotlar kiritib boriladi, jumladan:

➡️iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bo‘lgan aholi soni;

➡️davlat va nodavlat OTMlari bitiruvchilarining o‘qishni tamomlagandan so‘ng rasman bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

➡️mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajasi haqida;

➡️“Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimida mavjud bitiruvchilar va OTMlar to‘g‘risida.

📌 Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

🔸davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va buyurtmani yuqori turuvchi organlarga taqdim etish;

🔹ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi;

🔸iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib borish maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishda ustuvorlik beriladigan yo‘nalishlarni aniqlash.

✅ 2025-yildan 4 yillik davr uchun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga har yili 1-mayga qadar kiritish ta’minlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤4
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🗣“Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning mazkur bosqichida 5 nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilarning taqdimotlari baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, nominatsiya g‘oliblari bilan tanishing:

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon o‘quvchisi”

🥇1-o‘rin: Zarina Soatova – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
🥈2-o‘rin: Farhod Choriyev – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin: Muslima Majidova – Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.

“Yilning eng faol targ‘ibotchi o‘quvchisi”

🥇1-o‘rin: Umarjon Toshmuhamedov – Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali akademik litseyi o‘quvchisi;
🥈2-o‘rin: Asilbek Ochilov – Buxoro viloyat yuridik texnikumi o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin: Xojiakbar Odiljonov – Farg‘ona yuridik texnikumi o‘quvchisi.

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator o‘quvchisi”

🥇1-o‘rin: Murodjon Tolipov – Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi;
🥈2-o‘rin: Fotima Rabbimova – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-son akademik litseyi o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin: Tursunboy Ahmadjonov – Toshkent shahar yuridik
texnikumi o‘quvchisi.

“Yilning eng faol sportchi o‘quvchisi”

🥇1-o‘rin: Sardorbek Kamolov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-son akademik litseyi o‘quvchisi;
🥈2-o‘rin: Abdushukur Hakimboyev – Uchqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin: G‘iyosiddin Jumanazarov – Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey o‘quvchisi.

“Yilning eng faol iqtidorli o‘quvchisi”

🥇1-o‘rin: Jasmina Ismoilova – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi o‘quvchisi;
🥈2-o‘rin: Zarinabonu Boqijonova – Respublika musiqa va san’at
kolleji o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin: Nodiraxon Ilhomjonova – Qo‘qon shahar kasb-hunar
maktabi o‘quvchisi.

➡️ Jarayondan fotolavhalar

☑️Nominatsiyalar bo‘yicha 4-, 5-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga Markaz rahbari Abdumalik Akramov vazirlik faxriy yorliqlarini topshirdi. Shuningdek, tanlov ishtirokchilarini adolatli va shaffof baholab borgan Hakamlar hay’ati a’zolariga tashakkurnomalar berildi.

⏺Tanlov g‘oliblari ertaga o‘tkaziladigan tantanali taqdirlash marosimida taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤5👏1😱1
#forum #kasbiy_taʼlim #WorldskillsSamarkand2025

“Worldskills Samarkand-2025” doirasida xalqaro forum o‘tkazildi

30-yanvar kuni “Worldskills Samarkand-2025” V milliy kasblar chempionati doirasida “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumning asosiy maqsadi – milliy kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi yondashuvlar, erishilgan natijalar va mavjud tajribalar yuzasidan fikr almashish hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda milliy va xalqaro tajribaga ega bo‘lgan professional mutaxassislar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34617

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥3
#Universiada2025 #Sport

🏓 “Universiada – 2025” stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

30-yanvar kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2025” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinlar murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, yakunda g‘oliblar aniqlandi.

🏓 Talaba-yigitlar o‘rtasida yakkalik bahslarida:
🥇-o‘rin – Shohrux Iskandarov (Toshkent viloyati);
🥈-o‘rin – Ro‘zimuhammad Rahmonov (Toshkent shahri);
🥉-o‘rin – Dilshodbek Rajabov (Xorazm viloyati).

🏓 Talaba-qizlar o‘rtasida yakkalik bahslarida:
🥇-o‘rin – Mehriniso Norqulova (Toshkent viloyati);
🥈-o‘rin – Nasibaxon Tojioxunova (Andijon viloyati);
🥉-o‘rin – Shoiraxon Qodirova (Farg‘ona viloyati).

🏓 Aralash juftlik musobaqasida:
🥇-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
🥈-o‘rin – Andijon viloyati jamoasi;
🥉-o‘rin – Toshkent shahar jamoasi.

Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 28 nafar sportchi-talaba ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤3🔥1👏1