Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Worldskills2025 #Natija #Samarqand #IshchiKasblar #YoshUstalar

☄️“Worldskills Samarkand-2025” – V milliy kasblar chempionati g‘oliblari aniqlandi!

Samarqand shahrida o‘tkazilgan V Milliy ishchi kasblar chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ishtirokchilar 4 ta kasb bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etib, tajribali ekspertlar tomonidan baholandi.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra musobaqa g‘olib va sovrindorlari 1-, 2- va 3-o‘rin medal, maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

🔧 Payvandlash bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Xoliqulov Javohir (Samarqand);
🥈-o‘rin – Abdunabiyev Asadbek (Samarqand);
🥉-o‘rin – Jumayev Javohir (Buxoro).

⚡️ Elektromontaj bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Norqo‘ziyev Saidumar (Samarqand);
🥈-o‘rin – Ibadullayev Temur (Sirdaryo);
🥉-o‘rin – Toshpo‘latov Jahongir (Navoiy).

🚰 Santexnika bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Eliboyev Shaxriyor (Samarqand);
🥈-o‘rin – Ergashev Albosid (Samarqand);
🥉-o‘rin – Allaqulov Umid (Sirdaryo).

💉 Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Davronova Muslima (Samarqand);
🥈-o‘rin – Akmirzayeva Sevara (Sirdaryo);
🥉-o‘rin – Rahimova Husnora (Namangan).

Eslatma: 2025-yil yozida yuqoridagi g‘olib va sovrindorlar o‘rtasida yakuniy sinov o‘tkazilib, eng kuchli ishtirokchilar Tayvanda bo‘lib o‘tadigan “WorldSkills Asia Competition Taipei 2025” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tayyorgarlik #xalqaro_forum #taʼlim #Malayziya

O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi ertaga oʻz ishini boshlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida 4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu forum doirasida ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi hamda ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31👏3🔥2😁1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #ilmfan #natija

☄️Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi uzum urug‘idan yog‘ ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi preparat yaratdi

Hozirda ushbu kashfiyot amaliyotga joriy qilinib, uzum urugʻidan yogʻ ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏5😁3❤1🤔1
#seminar #akademik_litsey #tasavvuf

Tasavvuf ilmining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rnini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan xalqaro seminar tashkil etildi


2025-yil 1-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-sonli akademik litseyida Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston davlatlari hamda akademik litseylar va texnikumlar ishtirokida “Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlari va Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab ijodida tasavvufiy qarashlar” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga “Shayx San’on” qissasi taqdim etildi. Tadbirda tasavvufning inson ruhiyati va mo‘tadillikni shakllantirishdagi ahamiyati, uning falsafiy-psixologik jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34937

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤5🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

🚀Hurmatli ixtirochi va innovator yoshlar!

Sizning kreativ g‘oyalaringizni haqiqatga aylantirish va innovatsion loyihalaringizni muvaffaqiyatli amalga oshirish vaqti keldi!

Inno Texnopark – sizning innovatsion fikrlashingizni to‘liq namoyon etish va rivojlantirish uchun ideal makon.

✅Nimalarga ega bo‘lasiz?
➡️Zamonaviy uskunalar va ilg‘or dastgohlar;
➡️Ilmiy va texnologik muhit;
➡️Loyiha va g‘oyalaringizni sinovdan o‘tkazish imkoniyati;
➡️Takomillashtirish va amaliyotga joriy etish sharoiti.

⚡️Biz bilan bog‘laning va innovatsiyalar olamiga qo‘shiling!

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi.
📍Xaritadan

🔹 Murojaat uchun: @Inno_ixtirochi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😁3