Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Worldskills2025 #Natija #Samarqand #IshchiKasblar #YoshUstalar

☄️“Worldskills Samarkand-2025” – V milliy kasblar chempionati g‘oliblari aniqlandi!

Samarqand shahrida o‘tkazilgan V Milliy ishchi kasblar chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ishtirokchilar 4 ta kasb bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etib, tajribali ekspertlar tomonidan baholandi.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra musobaqa g‘olib va sovrindorlari 1-, 2- va 3-o‘rin medal, maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

🔧 Payvandlash bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Xoliqulov Javohir (Samarqand);
🥈-o‘rin – Abdunabiyev Asadbek (Samarqand);
🥉-o‘rin – Jumayev Javohir (Buxoro).

⚡️ Elektromontaj bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Norqo‘ziyev Saidumar (Samarqand);
🥈-o‘rin – Ibadullayev Temur (Sirdaryo);
🥉-o‘rin – Toshpo‘latov Jahongir (Navoiy).

🚰 Santexnika bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Eliboyev Shaxriyor (Samarqand);
🥈-o‘rin – Ergashev Albosid (Samarqand);
🥉-o‘rin – Allaqulov Umid (Sirdaryo).

💉 Tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Davronova Muslima (Samarqand);
🥈-o‘rin – Akmirzayeva Sevara (Sirdaryo);
🥉-o‘rin – Rahimova Husnora (Namangan).

Eslatma: 2025-yil yozida yuqoridagi g‘olib va sovrindorlar o‘rtasida yakuniy sinov o‘tkazilib, eng kuchli ishtirokchilar Tayvanda bo‘lib o‘tadigan “WorldSkills Asia Competition Taipei 2025” xalqaro kasblar chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tayyorgarlik #xalqaro_forum #taʼlim #Malayziya

O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi ertaga oʻz ishini boshlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida 4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu forum doirasida ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi hamda ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31👏3🔥2😁1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #ilmfan #natija

☄️Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi uzum urug‘idan yog‘ ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi preparat yaratdi

Hozirda ushbu kashfiyot amaliyotga joriy qilinib, uzum urugʻidan yogʻ ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏5😁3❤1🤔1
#seminar #akademik_litsey #tasavvuf

Tasavvuf ilmining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rnini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan xalqaro seminar tashkil etildi


2025-yil 1-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-sonli akademik litseyida Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston davlatlari hamda akademik litseylar va texnikumlar ishtirokida “Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlari va Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab ijodida tasavvufiy qarashlar” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga “Shayx San’on” qissasi taqdim etildi. Tadbirda tasavvufning inson ruhiyati va mo‘tadillikni shakllantirishdagi ahamiyati, uning falsafiy-psixologik jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34937

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤5🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

🚀Hurmatli ixtirochi va innovator yoshlar!

Sizning kreativ g‘oyalaringizni haqiqatga aylantirish va innovatsion loyihalaringizni muvaffaqiyatli amalga oshirish vaqti keldi!

Inno Texnopark – sizning innovatsion fikrlashingizni to‘liq namoyon etish va rivojlantirish uchun ideal makon.

✅Nimalarga ega bo‘lasiz?
➡️Zamonaviy uskunalar va ilg‘or dastgohlar;
➡️Ilmiy va texnologik muhit;
➡️Loyiha va g‘oyalaringizni sinovdan o‘tkazish imkoniyati;
➡️Takomillashtirish va amaliyotga joriy etish sharoiti.

⚡️Biz bilan bog‘laning va innovatsiyalar olamiga qo‘shiling!

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi.
📍Xaritadan

🔹 Murojaat uchun: @Inno_ixtirochi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #targʻibot #turizm #Malayziya

Prezident tashrifi arafasida Malayziyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari o‘tkazilmoqda

Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 4–5-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘ladi.


Ushbu tashrif doirasida mamlakatimizning boy tarixi va turizm salohiyatini namoyish etish hamda 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilishiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari boshlandi.

Ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari sessiyaning ahamiyati, uning jahon hamjamiyati uchun ilmiy va madaniy nuqtayi nazardan tutgan o‘rni hamda global hamkorlikni mustahkamlashdagi hissasi haqida taqdimotlar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning boy madaniy merosi, turizm imkoniyatlari va zamonaviy rivojlanish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Ma’lumot uchun, 4-fevral kuni O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Forum natijasida ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

O‘zingiz va pulingizni asrang!


❗️Markaziy bank fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

Bank xodimlari telefon qilib, shaxsiy ma’lumotlarni so‘rashmaydi. Messenjerlar orqali suhbatni taklif etishmaydi va Markaziy bank muhri tushirilgan hujjatlarni yuborishmaydi!

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTub
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash #akademik_halollik #ShDPI

Akademik halollik tamoyillariga sodiq 50 nafar iqtidorli talaba taqdirlandi

Shahrisabz davlat pedagogika institutida akademik halollik tamoyillarini mustahkamlash va yoshlarni halollik ruhida tarbiyalash maqsadida “Akademik halollik” milliy dasturi doirasida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida @Akademikhalollikbot loyihasi, “Akademik halollik” milliy dasturining kelgusi rejalari haqida maxsus taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan birga, institutda “Akademik halollik” ko‘ngillilar klubi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlaganligi ma’lum qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34951

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤6🎉1🤩1