Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jarayon #forum

O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Bugun “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi ikki davlat madhiyalari ostida tantanali ravishda ochildi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, tomonlar istiqbolda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirishni qayd etdilar.

Shundan so‘ng forumning madaniy qismi boshlandi. O‘zbekiston va Malayziya san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, ikki mamlakat madaniyatini yaqinroq tanishtirishga zamin yaratdi.

Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5👏2🤔1
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16😁2❤1👏1
#maqola #Malayziya #hamkorlik

Xorijiy tajriba, yangi bilimlar oliy ta’limda keng imkoniyatlar yaratadi


O‘zbekiston va Malayziya oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida izchil va samarali hamkorlikni rivojlantirib, mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari va uchrashuvlari bu jarayonga kuchli turtki bo‘lib, ta’lim va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochmoqda.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning “Xorijiy tajriba, yangi bilimlar oliy ta’limda keng imkoniyatlar yaratadi“ sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish
👉PDF shaklini yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashabbus

Andijon davlat chet tillari institutida “Oila kuni” loyihasi o‘tkazildi

“Oila kuni” institutda faoliyat yurituvchi barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar ish joyiga oila a’zolari bilan tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun bir qator qiziqarli va mazmunli tadbirlar tashkil etildi. Ayollar va qizlar shoira Marhabo Karimova bilan “Oila sirlari” mavzusida suhbat qurdilar. San’at ixlosmandlari xonanda Xurshid Rasulov bilan uchrashuvda ishtirok etdilar. Bolajonlar uchun “Art terapiya” mashg‘ulotlari, sportsevarlar uchun “Quvnoq startlar”, oshpaz-ishqibozlar uchun “Palov tanlovi”, shuningdek, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor qaratishni istaganlar uchun malakali shifokorlar ko‘rigi tashkil etildi.

Shuningdek, oilaviy intellektual bellashuv – “Zakovat” tanlovi ham o‘tkazilib, ishtirokchilar bir oiyola choy ustida hordiq chiqardilar.

📹 Xodimlar oila a’zolarining tadbir taassurotlari videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12❤3👍3👏2🎉2
#brifing #forum #xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi doirasida brifing bo‘lib o‘tdi

Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi doirasida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir ishtirok etdi.

Brifing davomida xalqaro ta’lim forumining maqsad va vazifalari, forum doirasida rejalashtirilgan tadbirlar hamda muhokama qilinayotgan dolzarb masalalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur forum O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish hamda kelajakdagi qo‘shma loyihalarni belgilashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4👏2🤔2🔥1
✅#Olimlar_minbari
27.01-01.02.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Bu vatanda bir vatan qurmoqni istaydir ko‘ngil…” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Ekologik barqarorlik: tahdid, mus’uliyat va burch” — Qalandar ABDURAHMONOV, Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;

“Ta’lim taraqqiyoti – rivojlanish kafolati” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

“Professional kadrlar tayyorlash sifatli qabuldan boshlanadi” — Dilmurod NABIYEV, Qarshi davlat universiteti rektori, professor;

«Узбекистан - ОАЭ: новая эра многогранных отношений» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

“Kreativ, novator, psixolog – tarbiyachi shu uch xususiyatni birlashtrishi zarur” — Feruza MADRAHIMOVA, Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori;


«Внимание медицинскому образованию – залог благополучного будущего» — Жасур РИЗАЕВ, ректор Самаркандского государственного медицинского университета доктор медицинских наук, профессор;

“Mahallada xavfsiz muhit yaratish. Manzilli chora-tadbirlar va ilmiy yondashuvlar orqali osoyishtalikka erishamiz” — Mirzayusup RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, yuridik fanlar doktori, professor;

“Navoiy “Turizm halqasi” yurtimiz sayyohlik brendi tanilishiga hissa qoʻshadi” — Muhiddin POʻLATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, professor;

«Инженерные кадры - двигатель промышленного и индустриального развития» — Каландар АБДУРАХМОНОВ, ректор Ташкентского филиала Российского экономического университета, академик;

“Yashil” taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik istiqbollari” — Shuhrat TOSHMATOV, O‘zbekiston milliy universiteti prorektori, professor;

“Zamonamiz ziyolilari nega zamonaviy emas?” — Yusuf ABSOATOV, Toshkent davlat texnika universieti prorektori;

«Узбекистан и экология: путь к зеленому будущему» — Фирюза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ доктор юридических наук;

“Qush uyasida ko‘rganini qiladi yoxud ertamiz egalarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda ustozlar ibrati” — Shamsiddin ALLAYAROV, Bobur TURSUNOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professorlari;

“Muvaffaqiyatning yagona formulasi sifatli ta’limdir” — Muhriddin SODIRJONOV, Namangan davlat universiteti dotsenti;

«Спортивный дух и патриотизм. Как воспитать эти качества с юных лет» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель, Ташкентского государственного экономического университета;

«Защита персональных данных - щит в цифровом мире» — Мадинабону ЯКУБОВА, преподаватель кафедры ТГЮУ;

«Зеленый бизнес: в гармонии с природой» — Сурайё КУШБАКОВА, преподаватель кафедры международной экономики УМЭД;

“Energetika barqarorligi mamlakat rivojlanganini ko‘rsatuvchi eng asosiy tamoyil” — Sanjar SHOQO‘CHQOROV, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤3🔥1👏1🤩1