Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#forum #xalqaro_hamkorlik #sessiya

Xalqaro forum doirasidagi sessiyalarda muhim masalalar muhokama qilindi


4-fevral kuni Malayziyaning Perak shtatida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi doirasida qator sessiyalar tashkil etildi.

Jumladan, plenar hamda “Yashil iqtisodiyot” va turizm masalalari”, shuningdek “Sanoat inqilobi 5.0, sun’iy intellekt va metatexnologiyalar” mavzulariga bag‘ishlangan sessiyalarda ikki davlat uchun dolzarb bo‘lgan ilmiy va texnologik masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35043

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤6🔥3👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya

O‘zbekiston Prezidenti Malayziyaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤6👏3🤩2🔥1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik kengaymoqda

Ayni kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib turibdi.

Ushbu delegatsiya tarkibida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev qator muhim muzokaralar o‘tkazmoqda.

Xususan, Sh. Daliyev va Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K. Molilevskiy o‘rtasidagi uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash maqsadida boradigan fuqarolarni sifatli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularning rus tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi doirasida O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish hamda Rossiyaning yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁5❤4👏3🤔2
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #marosim

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥5👏3🎉1🤩1
#xalqaro_hamkorlik #forum #OAV

📹 O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi tafsilotlari OAV nigohida
____

📹 Подробности первого узбекско-малайзийского образовательного форума в освещении СМИ

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩2