Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#sport #talabalar_musobaqasi #universiada2025

🏸 Universiada–2025: Badminton bo‘yicha Respublika final bosqichi boshlandi.

Hozirda respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada–2025” sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.


Bugun, 5-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Universiada–2025 sport musobaqalarining badminton turi bo‘yicha Respublika final bosqichi boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu sport musobaqalari nafaqat talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, balki ular o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish va jamoa bo‘lib harakat qilishga xizmat qilayotganini alohida qayd etdilar. Shundan so‘ng, musobaqa jarayonlari boshlandi.

Ushbu bosqichda respublikamizning barcha hududlaridan 120 ga yaqin talabalar yakkalik, juftlik hamda aralash dasturlarda g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Eslatma: Musobaqa ertaga, 6-fevral kuni ham davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9👏4❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #Petronas

“Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Anvar Ibrohim hamrohligida “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi — “Twin Towers” binosiga tashrif buyurdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #malaka_oshirish

Xorazmda nodavlat OTM rahbar va professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Urganch innovatsion universiteti hamkorligida 42 nafar rahbar va professor-o‘qituvchilar uchun “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo‘nalishida malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda.

📹Batafsil videoreportajda

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
#memorandum #Malayziya
#forum

O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi va ko‘rgazmasi doirasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash hamda amaliy bosqichga o‘tishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi


🔹Namangan davlat universiteti va Malayziya Xalqaro Islom universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi;

🔸O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Sulton Idris Pendidikan universiteti, Malayziya fanlar universiteti hamda INTI – Xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi;

🔹Buxoro davlat universiteti va Malayziyaning Kebangsan universiteti o‘rtasida xalqaro munosabatlar o‘rnatildi;

🔸Malayziya Perlis universiteti, Petronas texnologiya universiteti, Sultan Idris pedagogika universiteti hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida turli yo‘nalishlarda memorandum imzolandi;

🔹Toshkent davlat yuridik universiteti va Osiyo xalqaro arbitraj markazi o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi;

🔸Toshkent davlat agrar universiteti va Malayziyaning yetakchi universitetlari Sultan Idris Education University bilan hamkorlik memorandumi imzolandi hamda Universiti Sains Malaysia (USM) bilan ta’lim va tadqiqot sohasida kelishuvga erishildi;

🔹INTI International University va Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi;

🔸Andijon davlat universiteti Malayziyaning Internatsional Islamic University of Malaysia (IIUM) universiteti bilan ikki tomonlama memorandum imzoladi;

🔹Navoiy davlat universiteti hamda Malayziyaning Perlis universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi;

🔸Toshkent tibbiyot akademiyasi Malayziyaning INTI International Universiteti bilan hamkorlik o‘rnatdi;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti va Tun Hussein Onn Malaysia universiteti o‘rtasida hurmat va ishonch tamoyillariga asoslanib ikki tomonlama memorandum imzolandi;

🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Unimas universiteti o‘rtasida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalarning akademik almashinuviga doir kelishuv imzolandi;

🔹Qoraqalpoq davlat universiteti va Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi;

🔸Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti MAG ARCHITECT kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi;

🔹Jizzax politexnika instituti hamda Malayziyaning INTI xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi;

🔸Urganch davlat universitetining doimiy hamkori sanalgan Malayziya Xalqaro Islom universiteti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida shartnoma imzolandi;

🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universitet va INTI xalqaro universiteti o’rtasida ilmiy-tadqiqotlar borasida bitim, shuningdek, Sulton Idris Pedagogika universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi;

🔸O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM) o’rtasida hamkorlik o‘rnatildi;

🔹Toshkent davlat transport universiteti Asia pacific, Tun Hussein Onn Malaysia, Sulton Idris va Malaysia Perlis universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzoladi;

🔸Toshkent davlat pedagogika universiteti va Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi;

🔹Farg‘ona politexnika instituti Malayziya texnologiyalar va Inti xalqaro universitetlari bilan 4 ta yo‘nalishda kelishuvga erishdi;

🔸Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va INTI xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

🔹Termiz davlat universiteti rahbariyati Malayziyaning “Kedah Agro Holdings” kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazib, qator shartnomalarni imzoladi;

🔸
“O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari faol ishtirok etdi;

🔹Samarqand davlat chet tillar instituti va Sulton Idris pedagogika universiteti o’rtasida xalqaro hamkorlik kelishuviga erishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤3🔥1