Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#o‘quv_kursi

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tashkilotlarining devonxona mudirlari hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi o‘tkazildi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov olib bordi. U o‘quv kursining asosiy maqsadi oliygohlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi nazorati va monitoringi hamda ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat ekanini ta’kidladi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/35319

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤3🔥2
#xalqaro_anjuman #Navoiy #ilmfan

Navoiy ijodining jahon madaniyatidagi o‘rni, matnshunoslik va tarjimashunoslik masalalari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi

6–7-fevral kunlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Alisher Navoiy va XXI asr” xalqaro ilmiy konferensiyasi bu yil Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston va Eron kabi davlatlardan taniqli olimlar ishtirok etib, Navoiyning adabiy, falsafiy va ilmiy merosi butun turkiy dunyo va jahon madaniyati uchun bebaho ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Shuningdek, anjuman doirasida akademik Shuhrat Sirojiddinovning “Amir Alisher” kitobining qozoq tiliga tarjimasi taqdim etildi.

Tadbir yakunida Alisher Navoiy ijodini tadqiq etayotgan, turkologiya, o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan olim va jamoatchilik vakillari “Alisher Navoiy” medali bilan mukofotlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥1
#Taʼziya

Kasbiy ta’lim tizimi fidoyisi Ma’sudov Xayriddin Fathiddinovich vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, Xalqaro A.Nobolsin mukofoti laureati Ma’sudov Xayriddin Fathiddinovich 2025-yil 6-fevral kuni, 88 yoshida vafot etdi.

Xayriddin Ma’sudov kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan, yoshlarga ilm sirlarini o‘rgatgan fidoiy ustoz edi. U 1937-yil 27-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1956-yilda texnika sohasida boshlagan bo‘lsa-da, keyinchalik butun umrini ta’limga bag‘ishladi.

U uzoq yillar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ta’lim tizimini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. 2017-yildan hozirgi kungacha – O‘zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi rais o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bordi.

O‘z kasbining mohir ustasi, fidoyi ustoz va mehribon inson sifatida u el-yurt e’tiborini qozongan. Uning fidokorona mehnati, ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi va yoshlarga bergan bilimlari xalqimiz uchun bebaho meros bo‘lib qoladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda ilmiy jamoatchilik nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍17😱6🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣

📣 TOEFL iBT hamda GRE imtihonlari uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz va Educational Testing Service (ETS) tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan TOEFL iBT hamda GRE imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

🎯 TOEFL iBT – Ingliz tilini bilish darajasini xalqaro miqyosda baholovchi test.
🎯 GRE – Magistratura va doktorantura (PhD) dasturlariga kirish uchun zarur bo‘lgan xalqaro imtihon.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
➡️ www.ets.org saytiga kiring.
➡️ Test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazni tanlang.
➡️ Shaxsiy kabinet yarating va imtihon to‘lovini amalga oshiring.

🗓 Imtihon sanasi: 15-fevral, soat 14:00
📍 Manzil: Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and Educational Practical Center under The Agency for Assessment of Knowledge and Competences).

📌TOEFL iBT afzalliklari:
✔️ Xalqaro darajada tan olingan sertifikat;
✔️ Zamonaviy standartlarga asoslangan baholash tizimi;
✔️ 160+ mamlakatda tan olingan natijalar.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1
#Prezident #videoselektor #xizmatlar_sohasi

So‘nggi sakkiz yilda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi

Prezident raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat rahbari tomonidan o‘tgan davrda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar, yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, so‘nggi sakkiz yilda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, shundan 23 tasi xorijiy universitet filiallari ekanligi qayd etildi. Lekin, o‘tgan yili oliy ta’limda eksport atigi 26 million dollarni tashkil qilgani imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Top-1000”talikka kirgan 2 ta oliygoh bilan cheklanib qolmasdan, yaqin yillarda ularni 10 taga yetkazish choralarini ko‘rish topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turon ayollari timsoli – afsonaviy To‘maris

“Siyosiy maʼrifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3❤2
#targʻibot #dual_taʼlim #integratsiya

Respublika bo‘ylab dual ta’lim bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda

Xabar berganimizdek, Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida ish beruvchilar bilan hamkorlikda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida respublika bo‘ylab o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Ushbu seminarlar ish beruvchilarga dual ta’lim tizimi mohiyatini sodda va ravon tilda tushuntirishga qaratilgan.

3–7-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10 ta), Buxoro (13), Jizzax (12ta), Qashqadaryo (16ta), Surxondaryo (4ta), Sirdaryo (4ta) va Xorazm (4ta) viloyatlarining 60 dan ortiq tuman va shaharlarida o‘quv seminarlar tasdiqlangan reja-grafik asosida olib borildi.

Seminarlarda tuman va shahar hokimlik vakillari, ish beruvchilar va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat 1000 ga yaqin manfaatdor tomon mutaxassislari ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4