Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Navoiy_584 #koʻrgazma

Alisher Navoiy siymosi va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilinishi hamda buyuk mutafakkir hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan xalqaro simpozium doirasida Alisher Navoiy siymosi va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi.

Navoiy davlat universitetida o‘tkazilgan ko‘rgazma ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademiklari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jamoatchilik vakillari, universitet jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35463

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤1🔥1👏1😁1
#Prezident #qutlov #simpozium

Alisher Navoiyning boy adabiy-badiiy merosi asrlar davomida yuksak insonparvarlik, Vatanga sadoqat, adolat va ezgulik timsoli sifatida hamisha jahon ahlining e’tiborini tortib kelmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrigidan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting!


Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍20❤3🔥1
#qonunchilik_yangiliklari #davlat_dasturi

☄️3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari OTMlarga grant asosida qabul qilinadi – Prezident farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.


Unga koʻra, 2025/2026-o‘quv yilidan:

➡️Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi;

➡️“Green University”da “sirkulyar iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Green University”ga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➡️tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va o‘quv dasturlari kiritiladi;

➡️oliy ta’limda grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi;

➡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ta’lim dasturlari asosida ta’lim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi;

➡️“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari tayyorlanib, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/686016

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤1
#dayjest #Alisher_Navoiy #584_yilligi

Oliy ta’lim muassasalarida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbirlari, badiiy kechalar, o‘yinlar hamda chellenjlar o‘tkazilmoqda

↪️Andijon davlat universiteti;

↪️Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

↪️Namangan davlat chet tillari instituti;

↪️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

↪️Toshkent davlat texnika universiteti;

↪️O‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

↪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

↪️Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

↪️Nukus innovatsion instituti;

↪️Urganch davlat universiteti;

↪️Qoʻqon davlat pedagogika instituti;

↪️O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;

↪️Jizzax davlat pedagogika universiteti;

↪️Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

↪️Namangan to‘qimachilik sanoati instituti;

↪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;

↪️Qoraqalpoq davlat universiteti;

↪️Jizzax politexnika instituti;

↪️Maʼmun universiteti;

↪️TATU Samarqand filiali;

↪️Termiz davlat pedagogika instituti;

↪️TTA Termiz filiali;

↪️Alfraganus universiteti;

↪️Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

↪️TKTI Yangiyer filiali;

↪️Buxoro davlat pedagogika instituti;

↪️Andijon davlat tibbiyot instituti;

↪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

↪️SamDU Urgut filiali;

↪️Oriental universiteti;

↪️Buxoro davlat tibbiyot instituti;

↪️''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti;

↪️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

↪️Urganch innovatsion universiteti;

↪️Toshkent davlat stomatologiya instituti;

↪️Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;

↪️Namangan davlat universiteti;

↪️Guliston davlat universiteti;

↪️Toshkent farmatsevtika instituti;

↪️Namangan davlat pedagogika instituti;

↪️TTA Urganch filiali;

↪️Milliy rassomlik va dizayn instituti;

↪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

↪️Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;

↪️Samarqand davlat chet tillar instituti;

↪️TDIU Samarqand filiali;

↪️Urganch davlat pedagogika instituti;

↪️O‘zDTSU Farg‘ona filiali;

↪️Farg‘ona davlat universiteti;

↪️Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

↪️Osiyo xalqaro universiteti;

↪️Samarqand davlat universiteti;

↪️Qarshi davlat universiteti;

↪️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

↪️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

↪️Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti;

↪️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

↪️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

↪️TDTU Qo‘qon filiali;

↪️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

↪️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

↪️Termiz davlat universiteti;

↪️Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti;

↪️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

↪️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;

↪️Ranch texnologiya universiteti;

↪️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤6🔥1