Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_simpozium

Navoiyda “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi


Kuni kecha Navoiy davlat universitetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish va Sharq uyg‘onish davri madaniyatini chuqur tadqiq etishga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, tarixchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, Navoiy ijodiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni yuzasidan qimmatli ma’ruzalar taqdim etdilar.

Sho‘ba yig‘ilishlarida, “Alisher Navoiy asarlarining zamonaviy talqini”, “Sharq renessansi madaniyati va ilm-fani”, “Navoiy ijodining jahon adabiyotiga ta’siri”, “Buyuk mutafakkir g‘oyalarining bugungi kundagi ahamiyati” singari dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbir davomida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, yangi ilmiy izlanishlar natijalari taqdim etildi. Bu esa Alisher Navoiy merosini yanada chuqur o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.

Yakunda esa konferensiya uchun ilmiy maqola va tezis yozgan ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤7🔥2😁1🎉1
#qonunchilik_yangiliklari

“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi o‘tkaziladi

“Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-43-son, 07.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi.

Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Alisher Navoiy merosini o‘rganish ishlarini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tilida nashr etish choralarini ko‘rish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlari yuqori saviyada o‘tkaziladi.

Navoiy davlat universitetida 2025-yil 10–15-oktyabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🤔1
#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

➖nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

➖isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

➖gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

➖xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

➖isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

➖gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

➖tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

➖isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤4🔥1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2025-yil 1-soniga maqolalar qabul qilish boshlandi.

✔️Mazkur jurnalga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №270564 raqamli guvohnoma taqdim etilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
↪️ Tabiiy fanlar;
↪️ Gumanitar fanlar;
↪️ Texnika fanlari;
↪️ Yoshlar va ilm.


➡️Maqola talablarini ko‘rish

🔸Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalarni 2025-yilning 1-mart sanasiga qadar @intizor_xojamova profiliga yuboring.
🔸Maqolalar bepul tarzda qabul qilinadi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤1
✅#Olimlar_minbari
03-08.02.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Xorijiy tajriba, yangi bilimlar oliy ta’limda keng imkoniyatlar yaratadi” — Otabek MAHKAMOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari;

“Oʻzbekiston – Malayziya: hamkorlikning yangi ufqlari” — Toʻlqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

“Malayziya ma’rifati” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Yashil” iqtisodiyot qanday rivojlanadi?” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori;

“Hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari ochiladi” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

«Инженеры-техники нового времени: как меняются стандарты подготовки» — Орифжон АБДИЕВ, заместитель директора Алмалыкского филиала ТГТУ имени Ислама Каримова доктор философии по техническим наукам;

“Dunyoning mafkuraviy manzarasi. Bu jarayonda faqat uyg‘oq jamiyatlar g‘olib” — Azizbek OMONOV, Buxoro davlat universiteti yoshlarni maʼnaviy yuksalish departamenti boshligʻi;

“Oltin yozaylik” — Turgʻun ZIYAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy doktori;

«Центральный стержень национальной повестки» — Дилафруз НАСЫРХОДЖАЕВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

“Sayqal topgan satrlar” — Nusratullo JUMAXO‘JA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

“Ta’lim va amaliyot integratsiyasi: malakali kadrlar tayyorlashning muhim talabi” — Hikmat ISHMURATOV, Toshkent davlat texnika universiteti professori;

“Aqlig‘a dalil aning kalomidur...” — Saodat MUHAMMEDOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

“9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun” — Dilorom SALOHIY, Samarqand davlat universiteti professori;

“Tarix zarvarlari – avlodlarga ilhom sarchashmasi” — Erkin MUSURMONOV, Samarqand davlat chet tillari instituti professori;

«Золотые постулаты Навои: справедливость, мудрость, забота о человеке» — Мухлиса МУХИТДИНОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

“Ikki tomonlama mushtarak maqsadlar” — Ravshan G‘OZIYEV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti;

«Когда здоровье - приоритет: как реформы меняют медицину» — Ширинхон ХОДЖАЕВА, преподаватель кафедры ТГЮУ;

«Индивидуальный подход к каждой человеческой судьбе» — Гулхида АБДУРАХМОНОВА, консультант по образованию факультета биотехнологии НамГУ.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri xalqaro maslahatchilar kengashi delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov xalqaro maslahatchilar kengashi a’zolari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyulelar bilan Yevropa Ittifoqining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35609

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22
#xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari Navoiy viloyatida qurilish obyektlari bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat universitetining zamonaviy tipdagi yangi kampusi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, universitet rahbariyati va quruvchi tashkilot mas’ullari tomonidan jarayonlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari ushbu yangi kampus barpo etilishi orqali talabalar hamda professor-oʻqituvchilar uchun qator qulayliklar yaratilishini bildirdi.

Shu bilan birga, qurilish jarayonida ishchilarning mehnat xavfsizligiga alohida e’tibor berish hamda texnik reglamentlariga qat’iy amal qilish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35🔥5❤4🤔4
#xalqaro_kun

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” muborak bo‘lsin!

Har yili 11-fevral sanasida ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni ulug‘laymiz.

Bugungi kunda oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qariyb 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida 737 nafar fan doktori, 4 652 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) mavjud. Shuningdek, ilmiy unvonlarga ega ayollar soni 3 770 nafarni tashkil etadi.

Oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida ham xotin-qizlar munosib o‘rin egallagan. Xususan, 7 nafar ayol rektor, 45 nafar prorektor, 70 nafardan ziyod xotin-qizlar fakultet dekani sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda 13 214 nafar xotin-qiz oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olmoqda. Bu esa umumiy izlanuvchilar sonining 50 foizini tashkil etadi.

Xotin-qizlarning izlanishlari, kashfiyotlari va innovatsiyalari insoniyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ayol tadqiqotchilarni ushbu sana bilan chin dildan tabriklaydi! Yangi yutuqlar, ilmiy muvaffaqiyatlar va kashfiyotlar sizlarning hamrohingiz bo‘lishini tilaymiz. Ilm-fan sohasidagi mehnatingiz yosh avlod uchun namuna bo‘lib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🎉8🔥6❤4