Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri xalqaro maslahatchilar kengashi delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov xalqaro maslahatchilar kengashi a’zolari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyulelar bilan Yevropa Ittifoqining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35609

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22
#xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari Navoiy viloyatida qurilish obyektlari bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat universitetining zamonaviy tipdagi yangi kampusi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, universitet rahbariyati va quruvchi tashkilot mas’ullari tomonidan jarayonlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari ushbu yangi kampus barpo etilishi orqali talabalar hamda professor-oʻqituvchilar uchun qator qulayliklar yaratilishini bildirdi.

Shu bilan birga, qurilish jarayonida ishchilarning mehnat xavfsizligiga alohida e’tibor berish hamda texnik reglamentlariga qat’iy amal qilish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35🔥5❤4🤔4
#xalqaro_kun

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” muborak bo‘lsin!

Har yili 11-fevral sanasida ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni ulug‘laymiz.

Bugungi kunda oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qariyb 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida 737 nafar fan doktori, 4 652 nafar fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) mavjud. Shuningdek, ilmiy unvonlarga ega ayollar soni 3 770 nafarni tashkil etadi.

Oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida ham xotin-qizlar munosib o‘rin egallagan. Xususan, 7 nafar ayol rektor, 45 nafar prorektor, 70 nafardan ziyod xotin-qizlar fakultet dekani sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda 13 214 nafar xotin-qiz oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida tahsil olmoqda. Bu esa umumiy izlanuvchilar sonining 50 foizini tashkil etadi.

Xotin-qizlarning izlanishlari, kashfiyotlari va innovatsiyalari insoniyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ayol tadqiqotchilarni ushbu sana bilan chin dildan tabriklaydi! Yangi yutuqlar, ilmiy muvaffaqiyatlar va kashfiyotlar sizlarning hamrohingiz bo‘lishini tilaymiz. Ilm-fan sohasidagi mehnatingiz yosh avlod uchun namuna bo‘lib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🎉8🔥6❤4
#infografika #faoliyat_yanvar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil yanvar oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍20👏1
#seminar #kibersport

Yoshlar orasida kibersport ommalashmoqda


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida yoshlar o‘rtasida kibersportni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Bobur Rahimov, shuningdek, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari ishtirok etdi.

Seminar davomida kibersportning ta’lim va texnologiyalar bilan integratsiyasi, uning yoshlar rivojiga ta’siri hamda sohaga oid kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kibersport nafaqat o‘yin, balki tezkor fikrlash, jamoaviy ish va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mazkur seminar kibersportni ommalashtirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23😁4🤔2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik #ilmfan #olimalar_kuni

“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi boshlandi

11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida haftalik boshlandi.

Tadbirning ochilish marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ayol, biznes va innovatsiya” xalqaro forumi doirasida o‘tkazildi. Forum davomida iqtidorli yosh olimalarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga yoshlarni keng jalb etish, ayol-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ayollarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Haftalik doirasidagi tadbirlar Respublika bo‘ylab tegishli oliy ta’lim muassasalarida davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤2