Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun O‘zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kunini nishonlayapmiz. Mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor ahamiyatga ega ekanidan faxrlanaman.

Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi.

Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!

—

Сегодня на Форуме женщин-учёных Узбекистана мы отмечаем Международный день женщин в науке. Я горжусь тем, что поддержка женщин в науке в нашей стране — приоритет.

Цифры говорят сами за себя: 48% учёных в Узбекистане — женщины! Их исследования, инновации и преданность своему делу вдохновляют и доказывают, что наука нуждается в них, а они — в науке.

Вместе с международным сообществом мы будем работать над созданием будущего, где наука служит миру и процветанию!
👍22🔥6😁2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Gazeta_sharhi
#Jadid

“Raqamli inqilob”dan “Yashil inqilob” sari

— Barcha yumushlarimizni kompyuter bajarsa, virtuallashgan olamda oʻrnimiz qayerda?

— Jamiyatdagi oʻzaro aloqalar, qadr-qimmat, ish oʻrinlari masalasi qanday hal qilinadi?

— Raqamlashgan dunyoda shaxsiy hayot kafolati nima boʻladi?


Mazkur savollar javobi bilan batafsil “Jadid” gazetasida tanishing.

📹“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #Registrator_ofisi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Registrator ofis”i professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga samarali xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik #ilmfan #olimalar_kuni

Buxoroda xalqaro ayollar forumi o‘tkazildi

11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Ayol va jamiyat: muammo va yechim” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasida tashkil etildi.

Forumda Senat raisi Tanzila Norboyeva, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, inson huquqlari bo‘yicha vakillar, professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ilm-fan va texnologiyada ayollarning o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olima ayollarning hissasi, ayol ma’naviyatining folklordagi ifodasi hamda farzand tarbiyasida so‘zning ahamiyati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35790

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz aytganlaridek, “oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi”.
—

Как отмечал наш Президент, «великое будущее нации создают образованные матери».

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
👍32🎉25❤9🔥4😁3
#maqola #Malayziya #hamkorlik

O‘zbekiston–Malayziya ta’lim forumi: taraqqiyotning tamal toshini birgalikda qo‘yamiz


“Xalq so‘zi” gazetasining bugungi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “O‘zbekiston–Malayziya ta’lim forumi: taraqqiyotning tamal toshini birgalikda qo‘yamiz“ sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤3🎉2🤩1
#seminar #akkreditatsiya

Oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha seminar o‘tkazildi


11-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universiteti va ACQUIN (Akkreditatsiya, sertifikatlash va sifat kafolati instituti) hamkorligida xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35932

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍13❤2
#xizmat_safari #Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda Prezidentning 158-son qarori asosida oliy o‘quv yurtlariga biriktirilgan texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi o‘rinbosari va Termiz davlat universiteti rektori hamrohligida universitet kampusida amalga oshirilayotgan yangilanish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35950

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤2🔥2🤔1