Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar #akkreditatsiya

Oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro akkreditatsiya bo‘yicha seminar o‘tkazildi


11-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universiteti va ACQUIN (Akkreditatsiya, sertifikatlash va sifat kafolati instituti) hamkorligida xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35932

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍13❤2
#xizmat_safari #Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda Prezidentning 158-son qarori asosida oliy o‘quv yurtlariga biriktirilgan texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi o‘rinbosari va Termiz davlat universiteti rektori hamrohligida universitet kampusida amalga oshirilayotgan yangilanish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35950

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤2🔥2🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Turkiya hamkorligi: oliy taʼlimda yangi imkoniyatlar

12-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Olgan Bekarning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan xayrlashuv suhbati shaklida oʻtgan mazkur muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik natijalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35952

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥4❤1🎉1
#yig‘ilish #investitsiya

Investitsiya mablag‘larini jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish vazifalari muhokama qilindi


12-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda prokuratura organlari boshchiligida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida oliy ta’lim muassasalarining xorijiy investitsiyaga mas’ul prorektorlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35946

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15👏3🔥2❤1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

O‘zbekiston va Rossiya transport texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytiradi

12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiyaning “Kelajak transporti” tashkiloti bosh direktori Yuriy Kozarenko hamda “Научно-производственный центр БАС Самара” avtonom notijorat korxonasi bosh direktori Konstantin Yashin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi attashesi Darya Yanova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35954

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1