Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

O‘zbekiston va Rossiya transport texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytiradi

12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiyaning “Kelajak transporti” tashkiloti bosh direktori Yuriy Kozarenko hamda “Научно-производственный центр БАС Самара” avtonom notijorat korxonasi bosh direktori Konstantin Yashin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi attashesi Darya Yanova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35954

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_sporti

“Universiada-2024” sport musobaqasining kurash bo‘yicha final bosqichi boshlandi

Qarshi davlat universiteti Sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2024” sport musobaqasining kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi boshlandi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 200 nafardan ortiq sportchi talabalar ishtirok etmoqda. Bellashuvlar o‘g‘il bolalar uchun 7 ta, qizlar uchun esa 8 ta vazn toifasida o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #xalqaro_hamkorlik #davra_suhbati

O‘zbekistonda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi


12-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Shveysariya hukumatining VET4UZ loyihasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining TexVET loyihasi hamda DC dVET bilan hamkorlikda kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/35953

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2
#kiberxavfsizlik_seminar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida axborot va kiberxavfsizlik, “kibergigiyena” bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi


12-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va masʼul xodimlar uchun Axborot va kiberxavfsizlik, “kibergigiyena” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash va kiberjinoyatlardan himoyalanish choralari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35941

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2
Sport fakultetlariga ega OTM professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda talabalari sport maktablariga biriktiriladi

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga ham tegishli topshiriqlar berildi.

Jumladan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, shuningdek, hududlardagi sport fakultetlariga ega oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda bitiruvchi kurs va magistratura talabalarining olti oyga sport maktablariga biriktirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ular diplom ishi va dissertatsiyalarini bevosita joylardagi muammolardan kelib chiqib yozishi va ularga amaliy yechim berishi muhimligi ta’kidlandi.

Oliygoh rektorlari yangi metodika va yondashuvlarni bevosita shu yerda joriy qilib, sport maktablarini dual ta’limning ilmiy-amaliy bazasiga aylantiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤1🎉1