Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik #ModdiyTexnikBaza

Andijonda talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha qulayliklarga ega yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi

Andijon davlat universitetida talabalar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida zamonaviy arxitekturaga ega yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi.

18-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan rasmiylar davlatimiz rahbarining e’tibori tufayli qad rostlagan ushbu loyiha viloyatda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidlab, bino universitetning rivojlanishi, ilmiy va innovatsion yutuqlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36678

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

🧪 Toshkent shahridagi Adju universitetida 22-fevral kuni “Aqlli texnologiyalar va tadqiqotlarda innovatsion yondashuv: raqamli kelajakni yaratish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

🔰Anjuman yo‘nalishlari:
➡️Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikning rivojlanayotgan tendensiyalari.
➡️Qurilish texnologiyalaridagi innovatsiyalar.
➡️Sun’iy intellekt va biznes: sun’iy intellektning biznes jarayonidagi o‘rni.
➡️Raqamli davrda tilning o‘rni.

📃 Batafsil ma’lumot axborot xatida

Qo‘shimcha ma’lumot uchun bu yerga yozing👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6❤2👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_minbari

Talaba taklifi amaliyotga joriy etildi: “To‘maris izdoshlari” musobaqasi yo‘lga qo‘yildi

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish doirasida yangi loyiha hayotga tatbiq etildi.

O‘tgan yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuv davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Rayhona Anorboyevaning talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” loyihasini tashkil etish borasidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagan edi.


Ushbu tashabbusni amalga oshirish doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Markaziy harbiy okrugga qarashli 75061-harbiy qism hamkorligida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36692

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤4👏3🔥2😱1
#Ishga_taklif #vakant #tanlov

“Kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish guruhi menejeri lavozimiga nomzodlar tanlovi

Menejer lavozimiga talabgorlar uchun malakaviy talablar:

1. Oliy ma’lumot, kamida moliya, iqtisod, muhandislik yoki tegishli sohalar bo‘yicha bakalavr darajasi.
2. Kasbiy ta’lim sohasida loyihalarni boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik tajriba va yirik investitsiya loyihalari bilan ishlash va xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan hamkorlik qilish tajribasi.
3. Kamida 2 ta o‘xshash loyihada ish tajribasi va ushbu loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanganligini tasdiqlash
4. Oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
5. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash tajribasi kamida 6 yil.
6. Davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish,
7. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tajribasi

Hujjat topshirish muddati: 24.02.2025

Taklif beruvchilar: invest@edu.uz elektron manziliga
CV va obyektivka yuborishlari shart.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/36592

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😱13👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

So‘nggi yillarda oliy ta’limni raqamlashtirish asnosida 25 dan ortiq onlayn platformalar yaratildi 

Vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi bu borada tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi (video)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥21👍19👏5
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Namangan davlat texnika universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 20-fevral soat 10:00da Namangan davlat texnika universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37🔥2😁2😱2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #Registrator_ofisi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida registrator ofisi ish boshladi (video)


Xo’sh, uning faoliyati nimalardan iborat?


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍13🔥2😱2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

Buyuk shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, “Yoshlik bu qalbning oltin sozi”, bunga qo‘shimcha qilib yoshlar Vatanimizning oltin fondi desak bu to‘g‘ri bo‘ladi


Prezidentimiz nutqida keltirilgan “Qalbim oltin sozi bo‘l” misralarini to‘liq “Erkin Vohidov ijodi” Telegram kanalida o‘qishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu sahifada shoirning she’rlari, maqolalari, tarjimalari, shuningdek, u haqidagi xotiralar va tadbirlar haqida ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi

✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.

📃Tanlov nizomi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Huquqiy_savodxonlik

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 216-moddasi


📃 Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17
💻 Raqamli kelajak sari birinchi qadamni qo‘ying!

🔺 IT sohasida o‘qiyapsizmi? Yoki yangi imkoniyatlar izlayapsizmi?
Unda 20-fevral soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn ochiq muloqot aynan Siz uchun!

Muloqotda nimalar muhokama qilinadi?
😜 IT sohasida o‘qish va rivojlanish yo‘llari;
😜 Qizlar uchun ITga kirish va qo‘llab-quvvatlash dasturlari;
😜 Yosh dasturchilar uchun yirik loyihalar:
✅ “Bir million o‘zbek dasturchi” – dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati
✅ ICPC Uzbekistan – eng kuchli talabalar olimpiadasi
✅ “President Tech Awards” – eng iqtidorli IT yoshlariga mukofotlar
✅ Mirzo Ulug‘bek vorislari – ta’lim va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
✅ “JOB& EDU FEST” – ish topish va o‘qish uchun eng yaxshi platforma
✅ “MAAB open source” – ochiq kod va innovatsiyalar maydoni
✅ “UzGeeks Meetup” – IT jamoasi bilan tanishing va networking qiling


🎙 Ekspertlardan bevosita maslahat olish va o‘z savollaringizni berish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Jonli efirni quyidagi havolalar orqali kuzatib boring:

🎞 https://www.youtube.com/@digitaluz/streams

💬 https://www.facebook.com/mininfocom

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥6❤4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport #targʻibot

“Sog‘lom inson-sog‘lom millat g‘oyasini” umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev


Ushbu shior ostida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kampusi, shu jumladan talabalar turar joylarida ertalabki sport mashqlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tadbirlar talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, bu harakat respublika bo‘ylab barcha oliygohlarda ham joriy etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥4🥰2
#qonunchilik_yangiliklari

9-may – Xotira va qadrlash kuni “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra:
➡️Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga, front orti mehnat faxriylariga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” yubiley medallari tantanali ravishda topshiriladi;

➡️Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarning har biriga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularni parvarish qilish maqsadida doimiy ravishda patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi;

➡️Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga ularning xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir martalik bepul yo‘llanmalar taqdim etiladi;

➡️joylarda davlat va jamoat arboblari, faxriylar, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, yoshlar, “Temurbeklar maktabi” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseylar o‘quvchilari, shu jumladan, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2❤1
#seminar #maʼnaviyat

“Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusidagi malaka oshirish o‘quv-seminari o‘z yakuniga yetdi

17–20-fevral kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminar davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul rahbarlari o‘z malakalarini oshirishdi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/36988

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤3🤩2🔥1👏1