Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#NamDTU #SayyorQabul #Vazir #ProfessorOʻqituvchi #Talabalar

Namanganda vazir qabuli tashkil etildi

Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari onlayn ishtirok etdi.

Qabul davomida viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan turli taklif, tashabbus hamda murojaatlar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37105

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁6👏3❤2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #dual_taʼlim

“Tarmoq-korxona-oliygoh” tizimi amalda

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv doirasida korxona bazasida Mashinasozlik texnologiyasi, Texnologik mashinalar va jihozlar hamda Kimyoviy texnologiya kafedralarining filiallari tashkil etildi. Ushbu tashabbus ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirib, talabalarga amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

2025-yil uchun tasdiqlangan Davlat dasturidan taʼlim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha qanday muhim maqsad va vazifalar o‘rin olgan?


📹Davlat dasturining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida belgilangan eng muhim chora-tadbirlar bilan videoinfografikada tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #vazir #xizmat_safari

Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarining turli taklif, tashabbus hamda murojaatlari tinglandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🎉5😁2😱2🤔1
#Xizmat_safari #Vazir #Andijon

Dual ta’lim – ta’lim tizimidagi sifatli islohot

19-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Andijon viloyatiga xizmat safari chog‘ida dual ta’lim tizimi asosida kadrlar tayyorlash jarayonlari va mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rgandi.

Jumladan, Andijon tumani 3- va 4-son politexnikumlarida bo‘lib, dual ta’lim tizimining amaliyoti o‘rganildi. Ish beruvchilar bilan ko‘rishib, yoshlarning o‘qish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Oltinko‘l tumani “Tortiq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholining yashash sharoitlari, infratuzilma va ijtimoiy muammolari tahlil qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37185

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4🔥2😁2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #raqamlashtirish

Talabalarga barcha muhim xizmatlarni bir joyda taqdim etish markazi — “Registrator ofisi”

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talabalarga xizmat ko‘rsatish va akademik faoliyatni takomillashtirish maqsadida “Registrator ofisi” yo‘lga qo‘yildi.

📌Asosiy maqsad:
➡️Talabalarga barcha ma’muriy va akademik xizmatlarni yagona markazda taqdim etish;
➡️O‘quv jarayonini soddalashtirish va qulaylik yaratish;
➡️Masalalarni tezkorlik bilan hal qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;

📌 Bugungi kunda markazda talabalarga 60 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu esa universitetdagi ta’lim jarayonining yanada samarali va shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi.

🎥 Batafsil videoreportajda

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤1
#xushxabar #sport #targʻibot

TXVU talabasi Jahon kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi!

🤺🥉 Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi Ulugʻbek Usmonov qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogida ishtirok etib, faxrli uchinchi oʻrinni egalladi va bronza medaliga sazovor boʻldi!

Qayd etish joizki, bu gʻalaba yoshlar orasida sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda intizom va jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥3🎉3🤔1
#o‘qishni_ko‘chirish #natija

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlangan

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborilgan.

OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari tavsiya etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥4❤3🥰2👏1