Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

26-fevral kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤1🔥1👏1
#eslatma

☄️☄️Kasbiy ta’lim muassasalarining chet tili o‘qituvchilari diqqatiga! Bugun oxirgi kun!

Prezident qaroriga asosan Migratsiya agentligi tomonidan kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida (monomarkazlar) faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining reytingi tuziladi.

Reytingda eng ko‘p ball olgan 50 ta o‘qituvchiga 50 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy yil 25-fevralga qadar ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz va ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilaringiz haqida ma’lumotni kiriting.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👉https://my.gov.uz/oz/service/1194

Ma’lumot uchun, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soniga qarab chet tili o‘qituvchilari reytingi tuziladi.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi +998 71-202-33-55 (ichki raqam 32)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1🔥1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Misr elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 10 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37684

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤5😁1
#press_tur

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha press-tur o‘tkazildi

25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan dual ta’lim tizimini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Press-tur davomida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlashda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining dual ta’lim tizimini joriy etish va uni takomillashtirish bo‘yicha hamkorligi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37749

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥2❤1
#yoshlar_siyosati

Bugun, 25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida bo'ldi.

Tashrif davomida vazir institutda tashkil etilgan muzey va "Liboslar galeriyasi" bilan tanishdi. Shundan so'ng institutning o'quv laboratoriyasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda unda yaratilayotgan ishlanmalarni ko'zdan kechirdi.

Shundan so'ng vazir OTM hududidagi yangi texnoparkni ochib berdi. Qayd etilishicha, ushbu loyiha doirasida o'nlab talabalar ish bilan ta'minlanadi. Shu bilan birga talaba-yoshlar ta'lim jarayonidanoq yirik korxonalar uchun kerakli va tayyor kadrga aylanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24👏2❤1🔥1😁1