Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Andijon

Vazir o‘rinbosari Andijondagi kasbiy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasi va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

26-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayoni va moddiy texnik bazasi bilan tanishdi.

Asaka tumanidagi kasbiy ta’lim muassasalarida joriy etilgan dual ta’lim tizimi hamda qisqa muddatli kurslarning samaradorligi o‘rganilib, ushbu ta’lim shaklining yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi ahamiyati, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik darajasi va ta’lim jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38088

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🔥1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston-Gruziya rektorlar forumi tashkil etiladi


26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya Gruziya Respublikasi taʼlim, fan va yoshlar vazirining birinchi oʻrinbosari Giorgi Modebadze, vazir oʻrinbosarlari Baya Kvitsiani hamda Tamar Gvamichava bilan muzokara oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarga asosan, oliy talim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi tashabbuslar ilgari surildi. Tomonlar taʼlim va fan yoʻnalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/38016

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤4🔥4
4️⃣4️⃣4️⃣ 💻👩‍💻👨‍💻

☄️Birozdan so‘ng soat 19:00da xalqaro ilmiy onlayn vebinarda ishtirok eting!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi sizni “Ilmiy mukammallik uchun sun’iy intellekt: tadqiqot, yozuv va pedagogika” (Advanced AI for Academic Excellence: Research, Writing, and Pedagogy) mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiyaga taklif etadi.

Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
➡️Sun’iy intellektning ilmiy tadqiqot va akademik yozuvga ta’siri;
➡️AI texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari;
➡️Pedagogik jarayonda sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari.

🎤 Ma’ruzachilar:
🟢Dr. Dorota Sylwia Majewicz (Polsha) – Sun’iy intellekt va akademik innovatsiyalar bo‘yicha ekspert;
🟢Mohira Alibekova (O‘zbekiston) – Pedagogika va ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassis.

🎙Moderator:
🗣 p.f.d. F.M. Rashidova – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi raisi

🗓 Sana: 27-fevral
⏰ 19:00 (Toshkent vaqti)
📱 Onlayn (Zoom)

🔗 Konferensiyaga qo‘shilish uchun Zoom havolasi:
👉
https://us02web.zoom.us/j/88333875238?pwd=zxMI1K6rb56hRxgJB7OOjR9KjBFVKw.1

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📩Email: info@mahorat.org

📌Akademik faoliyatda sun’iy intellekt imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish va mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22😁4🤔4❤2🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Gruziya oliygohlari oʻrtasida hamkorlik kengaymoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiyaning Gruziyaga xizmat safari davom etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Gruziya texnika universiteti hamda Telavi Davlat universitetiga tashrif buyurib, ushbu oliygohlarning rektorlari David Gurgenidze va Shalva Chkadua bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Gruziya texnika universiteti oʻrtasida imzolangan memorandum asosida “Ipakchilik va tutchilik” yoʻnalishi boʻyicha “2+2” formatidagi qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etilgani qayd etildi.

Muzokaralar natijasida professor-oʻqituvchilar va texnik mutaxassislar uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun arizalar tayyorlash hamda talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38172

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤6🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi

Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuni etib belgilandi.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:
🟢ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
🟢oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
🟢atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤8🔥3👏3