Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#sport #ochilish #memorandum

“Vazir kubogi” sport musobaqasi ochilish marosimida vazirliklar o‘rtasida qo‘shma qaror va memorandum imzolandi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida “Vazir kubogi” sport musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholi jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini hayotga tatbiq etish maqsadida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etilganini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar.

Tadbir doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi o‘rtasida ikki muhim hujjat imzolandi:
🟢“Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, zarur sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish to‘g‘risida” Qo‘shma qarori;
🟢“Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari oʻquvchilari va talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb qilish yuzasidan” hamkorlik memorandumi.

Qayd etilganidek, mazkur musobaqa oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda do‘stona hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbir davom etmoqda...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤4🎉3👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

Firibgarlar endi ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan qo‘ng‘iroq qilmoqda

So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi kiberfiribgarlik ommalashmoqda. Bu gal ular tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan soxta qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, firibgarlar O‘zbekistondagi aloqa kompaniya raqamlaridan chiqqani ko‘ringani bilan, aslida ular xorijdan qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘ladi. Turli ma’lumotlarni aytish orqali fuqarolardan yolg‘on sabablarni ko‘rsatib bank plastik kartasi raqamlariga ega bo‘lishmoqda va karta ichidagi pullarni yechib olishmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16👏2❤1
#live #sport #VazirKubogi #Rektorlar

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi boshlandi

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti sport maydonlarida Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) sportning mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha kuch sinashmoqda.

Ushbu tadbir davlatimiz rahbarining belgilagan topshiriqlarini amaliyotga joriy etishdagi qadam sifatida katta ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida sport musobaqalari tizimini shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan strategik tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati va boshqa tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍49❤8👏6😁5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi

✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.

📃Tanlov nizomi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤4😁2🔥1
Edu.uz pinned a video
#eʼtirof

💐Prezident farmoni bilan oliy ta’lim tizimi vakillari e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi.

Ular orasida o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib kelayotgan oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilari ham e’tirof etildi. Jumladan,

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Sultanova Dilshoda Namazovna — Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining san’at kafedrasi professori;

“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Ozoda Safibullayevna — Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani mukofotlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi e’tirofga sazovor bo‘lganlarni chin dildan tabriklab, keyingi faoliyatlarida ham muvaffaqiyatlar tilaydi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍29👏5❤4🔥4🤔2