Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalaqaroKonferensiya #Natija #Shartnoma #Investitsiya

Parijda qo‘shma konferensiya: oliygohlararo 26 ta hamkorlik hujjatlari imzolandi

10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusida qo‘shma konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya doirasida ikki tomon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 26 ta shartnoma, bitim, “Yo‘l xaritasi, xalqaro loyiha va kelishuvlar imzolandi. Ular qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Ikki tomonlama imzolangan hujjatlar ro‘yxati👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12👏3❤2🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IlmFan #XalqaroForum #yoshlar_akademiyasi

“Science NEXT: Yosh Olimlar Netvorkingi” – O‘zbekiston va Fransiya ilmiy hamkorligining yangi bosqichi

Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ta’lim ko‘prigi” xalqaro konferensiyasi doirasida tashkil etilgan “Science NEXT: Yosh Olimlar Netvorkingi” tadbiridan videolavha.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁29👍8❤4🤔3🔥2
#Eʼlon #SayyorQabul

Vazir o‘rinbosari Qarshi davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi

Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov 12-mart soat 15:00da Qarshi davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Unda professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤4🔥1
#XalqaroAnjuman #Parij #MilliyLibos #Targʻibot

“Ta’lim konferensiyasi yakunida kichik bo‘lsa-da men aytayotgan kontekst namoyish qilingani meni juda xursand qildi. Ilk marta Parijda Interkontinental mehmonxonasida Bibixonim ko‘ylagining tarixiy obrazi tiklanib, defilega qo‘yildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Xolida Komilovaning aytishicha, alvon libosning har bir detali ispan sayyohi Klavixo tasvirlagani bo‘yicha tikilgan. Klavixo yozishicha, Bibixonimning ko‘ylagi nihoyatda muhtasham edi, uni 100 kanizak hamrohlik qilib, ko‘ylagini ko‘targan. Bitta libos Amir Temur va Bibixonim hikoyalariga yo‘l ochadi. Fransuzlarga bunday hikoyalarning maftuni ekani bilinib turibdi. Shu ko‘ylak bahona ipak, adras, atlas, kashtali milliy liboslarimiz shu yerning o‘zida talash bo‘lib sotilyapti, narxi 1000 dollardan boshlanadi)”

®️Aziza Qurbonova

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19😁15❤10🔥3👏2
#Ovozli_chat
Kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (12-mart kuni) soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1🔥1😱1
#Xushxabar #Raqamlashtirish #Reyting

☄️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohani raqamlashtirish bo‘yicha vazirliklar ichida yetakchi bo‘ldi

⌨️ Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2024-yil II yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

📊 O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi asosida 44 ta davlat organi, 33 ta xo‘jalik organi va 14 ta hokimlik, jami 91 ta davlat tashkilotining raqamli transformatsiya holati baholandi.

Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 93.64% ball bilan ushbu reytingning “yashil” toifasidan joy olib, reytingda vazirliklar ichida birinchi, davlat boshqaruv organlari orasida esa, uchinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu natijaga erishishda vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining ham o‘rni beqiyos. Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va innovatsion yechimlar zamonaviy ta’lim tizimini raqamlashtirishga samarali hissa qo‘shib kelmoqda.

ℹ️Baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:
➡️ Axborot xavfsizligi;
➡️ Ochiqlik va elektron ishtirok;
➡️ Elektron davlat xizmatlari;
➡️ Tashkiliy masalalar;
➡️ Faoliyatning raqamlashtirilganligi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43❤4👏3🎉3🔥2
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi #XizmatSafari

Vazir o‘rinbosari Xonobod shahrida bo‘lib, aholini tomorqadan samarali foydalanish hamda o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatlari bilan tanishdi

Joriy yil 11-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Xonobod shahrida bo‘lib, shahar hokimi Mash’al Tojiboyev hamrohligida aholining turmush sharoiti, bandlik darajasi hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Safar davomida shahar va mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, infratuzilma va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Aholining farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39691

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤3🔥2🤔1