Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#PrezidentTopshirigʻiIjrosi #sport

O‘zMUda sport sharoitlari o‘rganildi

Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, vazir maslahatchisi Aziz Rizayev mutasaddilarga hamrohlik qildi.

O'rganish davomida ta’lim muassasasida sport infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Xususan, sport zallari, ochiq maydonlar, turli sport to‘garaklari va seksiyalar faoliyati tahlil qilindi. Maxsus sport jihozlari, ularning holati va zamonaviy standartlarga mosligi ham ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40203

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40🤔8👏3❤2🔥2
#DualTaʼlim #Muhandislik

Dual ta’lim dasturini tamomlagan talabalar sertifikat oldi

Prezident topshirig‘iga asosan, “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki va Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti hamkorligida dual ta’lim dasturi amalga oshirildi.

Muhandislik-texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni texnopark sharoitida o‘tashdi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, uskunalar bilan ishlash, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, muammolarni amaliy yechish kabi ko‘nikmalarni egallashdi.

Ushbu dasturni tamomlagan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi. “Inno” texnoparki va institut o‘rtasidagi hamkorlik asosida yangi o‘quv guruhlari uchun dual ta’lim dasturlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤8🔥3
#Eʼlon #HayʼatYigʻilishi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at yig‘ilishi

2025-yil 15-mart kuni Jizzax shahridagi Jizzax politexnika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi oʻtkaziladi.

👥 Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etadi.

Shuningdek, institut hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bogʻi”da koʻchat ekish marafoniga start beriladi.

Yig‘ilish qatnashchilari muqobil energiya manbalarini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi va Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishtiriladi.

Kun yakunida esa “BYD Uzbekistan” va “ADM Jizzakh” korxonalarida dual ta’lim jarayonlarini namoyish etish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4👏2🔥1🎉1
#qonunchilik_yangiliklari

O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi


Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30😱7❤3🔥1😁1
#xizmat_safari #Qashqadaryo

Muborak tumanida ilmiy-amaliy loyihalar va yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi hamkorlik bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi


13-mart kuni Muborak tumanidagi Jamoat salomatligi texnikumida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadbirkorlar ishtirokida aniq mavzular bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Qobilov, Muborak tumani hokimi G‘olib Murodov, Qarshi davlat texnika universiteti va Qarshi davlat universiteti rahbariyati, shuningdek, tuman sanoat korxonalari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari va mahalla faollari qatnashdi.

Ochiq muloqotda Yashnobod mahallasida suv tanqisligini bartaraf etish, tomorqalardan oqilona foydalanish mexanizmlari, yashil energiya va agrotexnologiyalar asosida yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilinib, Qarshi davlat texnika universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan tomchilab sug‘orish tizimi va quyosh panellari asosidagi nasoslar loyihalari taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40426

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14😁3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_qadriyatlar

🌸 Bahoriy shukuh!

Tabiatning uyg‘onishi tevarak atrofdagi g‘uncha gullarning turfa ifori kishini beixtiyor saylga chorlaydi. Termiz davlat universitetidagi bahoriy shukuh esa talabalarimizga ana shunday imkoniyatni bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍23🤩3🥰2🔥1