Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#adaptiv_sport

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan talabalarni ommaviy sportga jalb qilish va adaptiv sport turlarini ommalashtirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda talabalar sportning turli yo‘nalishlari bilan tanishtirilib, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali ijtimoiy hayotga integratsiyasini kuchaytirish masalalari haqida fikr yuritildi.

Xususan, inklyuziv muhit yaratish va sportga yanada kengroq jalb etish maqsadida psixologik treninglar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, talabalarni jipslashtirish va sportga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadigan adaptiv sport o‘yinlari o‘tkazish hamda Oliy ta’lim muassasalarining sport inshootlarida talabalar muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun adaptiv sport guruhlari tashkil etilishi ta’kidlab o‘tildi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1🥰1
#PrezidentTopshirigʻiIjrosiAmalda

Vazir o‘rinbosari O‘zbekiston sharqiy hududi boshlanadigan mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-18-sonli (06.03.2025)  Farmoyishi va “Dolzarb bir oylik” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Oliy talim fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyati Xonobod shahrining Xidirsha mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish maqsadida qabulda shahar hokimi Mash’al Tojiboyev, viloyat xalq banki raisi Anvar O‘shxo‘jayev va shahar tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida mahalladagi 85 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash, kam ta’minlangan 15 ta xonadon uchun chorva mollari va  quyosh panellari xarid qilish kabi masalalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan holda hal etilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram‌‌
👍8❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Hay’at yig‘ilishi boshlandi

Ayni daqiqalarda Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilinadi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, jamoatchilik kengashi a’zolari bevosita va masofadan ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37🔥3❤2👏1
#Live #HayʼatYigʻilishi

Davlat dasturi doirasida ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Kun tartibiga muvofiq, Prezidentning PF-16-son farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Davlat dasturiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 107 ta topshiriqni bajarish vazifasiga ega bo‘lib, ulardan 24 tasida asosiy ijrochi, 83 tasida hamijrochi sifatida ishtirok etadi.

Muhokama davomida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab davlat oliygohlarining tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fanini joriy etish vazifasi qo‘yilgani ta’kidlandi. Shu maqsadda yangilangan dasturlar asosida o‘quv rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, barcha o‘quv dasturlarining TOP-300 talikka kirgan yetakchi oliygohlar tajribasi asosida takomillashtirilgani qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤4🔥3