#UmummilliyLoyiha #YashilMakon
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi.
Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2000 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib vazirlik markaziy apparati hamda barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.
Bahor mavsumida vazirlik tizimidagi 200 ta oliy ta’lim muassasasida jami 648 ming tup daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. 15-mart kuni mamlakat bo‘ylab 30 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilib, “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi.
“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladiki...” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir doirasida Jizzax politexnika institutining 1,5 gektar maydonida 1700 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Mazkur tashabbus oliy ta’lim muassasalarida yashil hududlar barpo etish, talabalar va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍25🔥3❤2
#YashilMakon #VazirlikBogʻi
🌿 Vazirlik bog‘ida 200 tup manzarali daraxt va 2 mingdan ortiq gul ko‘chatlari ekildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ezgu tadbir o‘tkazildi.
Vazirlik rahbariyati va xodimlari ishtirokida Toshkent shahri iqlimi va tuproq sharoitlariga mos bo‘lgan 200 tup manzarali daraxt va 2 mingdan ortiq gul ko‘chatlari vazirlik atrofidagi hududlarga ekildi.
“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladiki...” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tashabbus yurtimizni yanada ko‘kalamzor va obod qilish, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.
Keling, ko‘chat ekib, yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik!

👍18🔥5❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilk alifbo kitobini yaratgan o‘zbek ayoli!
“Yuz.uz” tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Metin iroda” loyihasining navbatdagi sonida Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti Ubayda Fayziyeva bilan kar va soqov bolalar ta’limiga oid muhim mavzular haqida suhbat qilindi.
To‘liq suhbatni ko‘rishni tavsiya qilamiz. Havola bu yerda

👍15❤6🔥5🥰3👏2