Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#OliyTaʼlim #XalqaroHamkorlik #Italiya

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Pyergabriyele Papadia va Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mas’ul vakil Federiko Failla boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/40982

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥1👏1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

☄️ Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, Sizda tanlovda qatnashib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olish imkoni mavjud.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda:
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

💾 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31😁3🔥1😱1🎉1
Edu.uz pinned a video
#XalqaroHamkorlik #Chexiya

O‘zbekiston delegatsiyasining Pragaga tashrifi doirasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasining Praga shahriga xizmat safari doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Chexiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari – Chexiya Tabiiy (qishloq xo‘jaligi) fanlar universiteti va Karlov universiteti (“Charles university”)ga tashrif buyurdi.

Uchrashuvlar chog‘ida Chexiya oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston bilan yangi ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatimiz oliygohlariga zarur ma’lumotlarni yetkazish borasida kelishuvga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41079

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤5🔥2🥰1😁1
Yoshlar akademiyasi iqtidorli yoshlarni a'zolikka taklif qiladi!

Ilmiy va innovatsion sohada faoliyat yuritib kelayotgan 40 yoshgacha bo'lgan iqtidorli yoshlar Yoshlar akademiyasining 4 ta platformasi orqali jamoaviy shaklda ariza topshirishlari mumkin:


1️⃣ G'oyalar generatori platformasi;
2️⃣ Startaplar platformasi;
3️⃣ Biznes vakillari platformasi;
4️⃣ Bo'lajak akademiklar platformasi.


💥 Yoshlar akademiyasiga a'zo bo'ling va biz bilan katta natijalarga erishing.

✅Yoshlar akademiyasi a'zosi bo'lishni istagan yoshlardan 👉
Ushbu havola orqali a'zo bo‘lishingiz so‘raladi.

Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o'z hissangni qo'sh.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥3❤1🎉1
#XalqaroHamkorlik #Chexiya

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


2025-yil 18-mart kuni Praga shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi o‘rtasidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning (IGC) 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ikki mamlakatning savdo-sanoat, investitsiya, ilm-fan, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, transport, sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzruxonov ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik borasida nutq so‘zlab, qator takliflarni ilgari surdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41084

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥1
#TalabagaQulaylik

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 9 qavatli 1500 o‘rinli talabalar turar joyi (TTJ) qurilishi boshlandi

Qurilishga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O.Mahkamov, Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, universitet rektori I.Tuxtasinov start berdilar.

Tadbir ishtirokchilari qurilish jarayonlari va loyiha bilan tanishib, binoning muhim texnik jihatlari, qurilish rejalari va talabalar uchun yaratiladigan sharoitlar bo‘yicha fikr almashdilar.

Batafsil: https://www.uzswlu.uz/news/ttj-qurilishi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤2🔥1👏1