Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🔹🔹🔹🔹

Oliy ta’lim tashkilotlarida Navro‘z ayyomi munosabati bilan bayram dasturxoni yozilmoqda. Sumalak saylida qadimiy an’analarimizga ko‘ra, sumalak qaynatilib, osh damlanmoqda. Bahoriy shodiyona kuy-qo‘shiqlarga ulanib, konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

🟢Angren universiteti;

🟢SamDU Urgut filiali;

🟢Navoiy davlat universiteti;

🟢Toshkent davlat agrar universiteti;

🟢Toshkent xalqaro universiteti;

🟢Jamoat xavfsizligi universiteti;

🟢Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

🟢Guliston davlat universiteti;

🟢Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali;

🟢Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🟢SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

🟢Namangan davlat universiteti;

🟢Termiz davlat universiteti;

🟢Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

🟢Buxoro davlat texnika universiteti;

🟢Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🟢Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🟢Qarshi davlat texnika universiteti;

🟢Andijon davlat tibbiyot instituti;

🟢TATU Nurafshon filiali;

🟢Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;

🟢Buxoro davlat pedagogika instituti;

🟢University of Business and Science;

🟢O‘zbekiston milliy universiteti;

🟢Nukus konchilik instituti;

🟢TDTU Olmaliq filiali;

🟢Namangan davlat texnika universiteti;

🟢Farg‘ona davlat texnika universiteti;

🟢Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

🟢Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;

🟢Toshkent tibbiyot akademiyasi;

🟢Urganch davlat universiteti;

🟢Inha universiteti;

🟢Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;

🟢Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🟢Renessans ta’lim universiteti;

🟢Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🟢Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🟢TATU Urganch filiali;

🟢Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali;

🟢Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🟢Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🟢Fargʻona davlat universiteti;

🟢Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🟢Osiyo xalqaro universiteti.


💚 Sumalak sayli – bahoriy totli shodiyonalar!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Belarus elchisi bilan Minsк traktor zavodi hamkorligida qo‘shma kafedra tashkil etish muhokama qilindi


19-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hamda Belarus o‘rtasidagi ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotganini qayd etib, kelgusidagi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41181

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥4❤3
#seminar

Inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini joriy etish qaratilgan seminar oʻtkazildi


19-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida insonga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini takomillashtirish va inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. Tadbir vazirlikning departament, boshqarma, va boʻlinmalar rahbarlari uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari ishtirokida oʻtkazildi.

Seminar davomida agentlik mutaxassislari tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, davlat organlarida ushbu yoʻnalishdagi muammolar, strategik yondashuv asosida inson resurslarini rejalashtirishning afzalliklari va davlat fuqarolik xizmatida strategik HR menejment va profesiografik tahlil usullari haqida maʼlumotlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41183

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣ #brifing

Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.

Unda respublika muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov shartlari va g‘oliblar uchun beriladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot beriladi.

📹 Brifingni vazirlik va AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🎉2🔥1
#Tayinlov

Geologiya fanlari universitetiga yangi rektor tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan Kadirxodjayev A’zam Alisherovich Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

A’zam Kadirxodjayev 1982-yil 20-noyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

U mehnat faoliyati davomida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, Vazirlar Mahkamasi apparati hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida rahbar lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥6👏2😱2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

📢 Agar siz muhandislik sohasida yangilik yaratishga qodir bo‘lsangiz, “Kelajak muhandisi” respublika tanlovida qatnashing!

Elektromobil, xalqaro stajirovkalar va yirik pul mukofotlari – bularning barchasi eng yaxshi loyihalar mualliflarini kutib turibdi!


Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

▶️Tanlovga muhandislik sohasining asosiy yo‘nalishlari:

🔸mexanik muhandislik (mexanik tizimlar va uskunalarni yaratish);
🔹elektr muhandisligi (elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash);
♦️kompyuter muhandisligi (kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotlarni yaratish);
🔹qurilish muhandisligi (inshootlar, ko‘priklar va yo‘llar qurilishi);
🔹kimyo muhandisligi (kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va moddalarni qayta ishlash) bo‘yicha loyhalar topshirish talab etiladi.

☑️ Tanlovda 40 yoshdan oshmagan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

☑️ Tanlov 3 ta kategoriyaning har birida 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Tanlovga arizalar joriy yil 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

✔️ Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar Tanlov komissiyasi oldida o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarining taqdimot (prezentatsiya) ko‘rinishida himoyasini o‘tkazadilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41308

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥3👏2
#taqdimot

Vazir taʼlim dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash boʻyicha taqdimot bilan tanishdi

19-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov huzurida Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan taʼlim tizimining barcha bosqichlari oʻrtasida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Taqdimotda taʼlim dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41309

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥4😁2❤1🤔1