Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar

Inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini joriy etish qaratilgan seminar oʻtkazildi


19-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida insonga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini takomillashtirish va inson resurslarini rejalashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. Tadbir vazirlikning departament, boshqarma, va boʻlinmalar rahbarlari uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari ishtirokida oʻtkazildi.

Seminar davomida agentlik mutaxassislari tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, davlat organlarida ushbu yoʻnalishdagi muammolar, strategik yondashuv asosida inson resurslarini rejalashtirishning afzalliklari va davlat fuqarolik xizmatida strategik HR menejment va profesiografik tahlil usullari haqida maʼlumotlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41183

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣ #brifing

Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.

Unda respublika muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlov shartlari va g‘oliblar uchun beriladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot beriladi.

📹 Brifingni vazirlik va AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🎉2🔥1
#Tayinlov

Geologiya fanlari universitetiga yangi rektor tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan Kadirxodjayev A’zam Alisherovich Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

A’zam Kadirxodjayev 1982-yil 20-noyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

U mehnat faoliyati davomida Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, Vazirlar Mahkamasi apparati hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida rahbar lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥6👏2😱2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

📢 Agar siz muhandislik sohasida yangilik yaratishga qodir bo‘lsangiz, “Kelajak muhandisi” respublika tanlovida qatnashing!

Elektromobil, xalqaro stajirovkalar va yirik pul mukofotlari – bularning barchasi eng yaxshi loyihalar mualliflarini kutib turibdi!


Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

▶️Tanlovga muhandislik sohasining asosiy yo‘nalishlari:

🔸mexanik muhandislik (mexanik tizimlar va uskunalarni yaratish);
🔹elektr muhandisligi (elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash);
♦️kompyuter muhandisligi (kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotlarni yaratish);
🔹qurilish muhandisligi (inshootlar, ko‘priklar va yo‘llar qurilishi);
🔹kimyo muhandisligi (kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va moddalarni qayta ishlash) bo‘yicha loyhalar topshirish talab etiladi.

☑️ Tanlovda 40 yoshdan oshmagan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

☑️ Tanlov 3 ta kategoriyaning har birida 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Tanlovga arizalar joriy yil 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

✔️ Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar Tanlov komissiyasi oldida o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarining taqdimot (prezentatsiya) ko‘rinishida himoyasini o‘tkazadilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41308

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥3👏2
#taqdimot

Vazir taʼlim dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash boʻyicha taqdimot bilan tanishdi

19-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov huzurida Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan taʼlim tizimining barcha bosqichlari oʻrtasida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Taqdimotda taʼlim dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41309

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥4😁2❤1🤔1
#Xizmat_safari #Qashqadaryo

Muborak tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

19-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi mahallalarda hokimlik mutasaddilari, mahalla yettiligi, Qashqadaryo va Buxorodagi davlat hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar o‘tkazdi. Shuningdek, hududdagi kam taʼminlangan oilalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41357

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥1😁1
#Madaniyat #Xalqaro_tadbir

Hindistonda o‘zbek milliy qadriyatlari namoyish etildi

19-mart kuni Hindistonning Markaziy Hindiy tili institutida xalqaro madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan talabalar o‘z milliy urf-odatlari, an’analari va san’at namunalarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston milliy-madaniy qadriyatlari sahna ko‘rinishlari orqali keng namoyish qilindi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy taomlari, kuy-qo‘shiqlari va milliy liboslarining betakrorligi aks ettirilgan taqdimot bilan ishtirok etib, nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41371

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤3🥰1👏1