Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xizmat_safari #Qashqadaryo

Muborak tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

19-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi mahallalarda hokimlik mutasaddilari, mahalla yettiligi, Qashqadaryo va Buxorodagi davlat hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar o‘tkazdi. Shuningdek, hududdagi kam taʼminlangan oilalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41357

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥1😁1
#Madaniyat #Xalqaro_tadbir

Hindistonda o‘zbek milliy qadriyatlari namoyish etildi

19-mart kuni Hindistonning Markaziy Hindiy tili institutida xalqaro madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan talabalar o‘z milliy urf-odatlari, an’analari va san’at namunalarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston milliy-madaniy qadriyatlari sahna ko‘rinishlari orqali keng namoyish qilindi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy taomlari, kuy-qo‘shiqlari va milliy liboslarining betakrorligi aks ettirilgan taqdimot bilan ishtirok etib, nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41371

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤3🥰1👏1
#Mirziyoyev #tanishuv #Bektemir #mahalla

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga tashrifi chog‘ida Iykota mahallasida bo‘lib, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi

Pedagoglar bilan muloqot chog‘ida bolalarning qobiliyatini to‘g‘ri shakllantirish, kasbiy ta’limni rivojlantirib, bitiruvchilarni kasb-hunarli qilib hayotga yo‘llash muhimligi ta’kidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yo‘nalishlarni kengaytirish, o‘smirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥1
#sport_hamkorlik #vazir_kubogi

Buxoroda “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2025-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma qaror va hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41015

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥3❤1