Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #tanishuv #Bektemir #mahalla

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga tashrifi chog‘ida Iykota mahallasida bo‘lib, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi

Pedagoglar bilan muloqot chog‘ida bolalarning qobiliyatini to‘g‘ri shakllantirish, kasbiy ta’limni rivojlantirib, bitiruvchilarni kasb-hunarli qilib hayotga yo‘llash muhimligi ta’kidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yo‘nalishlarni kengaytirish, o‘smirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥1
#sport_hamkorlik #vazir_kubogi

Buxoroda “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2025-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma qaror va hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41015

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rektor_TTJda

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi qizlar holidan xabar qilindi

So’nggi paytlarda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining talabalar turar joyida bo’lib, u yerda istiqomat qiluvchi yoshlar holidan xabar olishi an’anaga aylandi

Yana shunday uchrashuvlardan biri - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova talabalar turar joyida bo’ldi. Rektor talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning o‘qishi va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shundan keyin qizlar ishtirokida psixologik trening tashkil etildi. Unda qizlarning hayotdagi maqsadi, oila a’zolari, ayniqsa ota-onalari bilan munosabati haqida fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤4🔥3
#IlmFan #Yoshlar #Uchrashuv #XalqaroHamkorlik

Vazir Garvard universiteti va Massachusets texnologiyalar instituti talaba va tadqiqotchilari bilan uchrashdi

2025 yil 20 mart kuni, Yangi O‘zbekiston universitetida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov AQSHning Garvard universiteti va Massachusets texnologiyalar instituti talaba va tadqiqotchilari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – AQSHning yetakchi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni mamlakat rahbarining oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik siyosati hamda uning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan iborat.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41407

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24😁3❤2🔥2