#xizmat_safari #Samarqand
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri SamDAQU yangi binosiga tashrif buyurdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi qurilayotgan binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida yangi binoda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv xonalari hamda laboratoriyalar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek vazir talabalar turar joyida bo'lib, akademik almashinuv dasturi doirasida SamDAQUda ta'lim olayotgan Tojikiston Respublikasining M.S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti talabalari bilan suhbatlashdi.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan ilg‘or muhandislik maktablarini takomillashtirish va ilmiy-innovatsion loyihalarni kengroq joriy etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlar universitetni yanada rivojlantirish va ta’lim tizimini zamonaviylashtirishga qaratilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍26❤5👏2🔥1🤩1
#XorijiyOAV
Xalqaro Nordik universiteti oʻtgan yildan boshlab Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasini (TASIMO) tashkil etib kelmoqda
Universitet rektori Sherzod Mustafaqulov “Bunday tanlovlar mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Olimpiadalar, ayniqsa matematika olimpiadalari, asosan inson kapitali sifatini oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga turtki beradi. Ular innovatsiya qilish va murakkab muammolarni hal qilishga qodir iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni rivojlantiradi, bu esa ilm-fan, texnologiya va iqtisodiyotda rivojlanish uchun juda muhim” deydi EuroNewsda eʼlon qilingan maqolada.

👍22❤5😁4🤩3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z tantanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod etdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤1🔥1
#hamkorlik #Kelajakkaqadam
Milliy bank va oliygohlar o‘rtasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi
2025 yil 20 mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlarining rektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Toshkent shahrining 40 ta va Toshkent viloyatining 9 ta oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Mazkur hamkorlik kelishuvi doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Milliy bankining “Kelajakka qadam” markazi oliygohlar bitiruvchilariga ishga joylashishda yordam beradi, ularning biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun biznes ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41430

👍23❤1🔥1