Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tashrif

Vazirning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda

2025-yil 22-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand shahridagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir taʼlim muassasalari infratuzilmasi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Samarqand shahar 3-son politexnikumda oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni koʻzdan kechirib, vazir taʼlim muassasasidagi yangi taʼlim usullar va texnikalarni mukammallashtirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Shuningdek, vazir Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo'limi binosining qurilishining yakuniy ishlari bilan tanishdi. Binoni jihozlashda test jarayonlarining shaffofligini taʼminlashga alohida eʼtibor berish zarurligini taʼkidladi.

Q Sharipovning TATU Samarqand filialiga tashrifida filialning taʼlim jarayonlari va tadqiqotlar sohasidagi roliga alohida eʼtibor qaratildi. Filial mutasaddilari bilan uchrashuvda ilmiy izlanishlarni joylardagi muammolarning yechimiga qaratish masalasi muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30😁4❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MirzoUlugʻbek631

Mirzo Ulugʻbekning 631-yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan "Ulugʻbek xazinasi" nomli tantanali tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsilar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a'zolari ham ishtirok etdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥6❤5😁3🎉3
#xizmat_safari #Andijon
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Vazir o‘rinbosari Andijonning bir qator tumanlarida ijtimoiy va ta’lim sohasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi


22-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida Xonobod va Oltinko‘l tumanidagi mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish, infratuzilma va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini borib ko‘rdi. Shuningdek, aholining farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41516

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤8😁3🔥1
#chellenj #yerga_gʻamxo‘rlik #Yer_vaqti

25-mart kuni “Sayyoramiz soati” aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyasi doirasida shu kuni Yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida bino va inshootlarda elektr jihozlarini bir soatga o‘chirish tavsiya etiladi.

Hurmatli vatandoshlar! Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga chorlaymiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤18🔥7🤔6😁5