Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tanlov #Ekologiya

Ekologiya sohasida respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi


Yoshlarning ekologik huquqiy bilimlarini oshirish, atrof-muhit muhofazasiga oid qonunchilikni targ‘ib qilish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” mavzusidagi tanlovning respublika bosqichi o‘tkazilib, g‘oliblari tantanali taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41892

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2🔥1
#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Texnikum

📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 51 ta texnikumning vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

🗓 Hujjatlar 2025-yil 3-apreliga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤5🔥3😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aksiya #Yer_soati

Kichik harakatlar – katta natijalarga olib keladi! Yer soati – faqat chiroqlarni o‘chirish emas, bu atrof-muhitga hurmat!

25-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Sayyoramiz soati” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida vazirlik binosida bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalari tarmoqdan uzildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤3🔥2
#YoshlarAkademiyasi #Taqdirlash

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ochib berdi.

Anjumanda respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasalarining liderlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, ko‘rsatgan natijalari haqida ma’lumot berishdi.

Hududlardan eng iqtidorli, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullangan 556 nafar yigit-qizlar “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi. Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, faoliyatini yaqinda boshlagan Yoshlar akademiyasi liderlariga ham “Yoshlar akademiyasi guvohnomasi” hamda belgisi topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41919

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18👏3🔥1
#QonunchilikYangiliklari

☄️Texnikumlar uchun namunaviy shtat birliklari tasdiqlandi

Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida akademik litsey va texnikumlar uchun boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qo‘shma qarori asosida tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 3119-4-son (25.03.2025-y.) bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjatga asosan:
➡️texnikumlar uchun yangi shtat birliklari tasdiqlandi;
➡️xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarda “Xalqaro ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” tashkil etiladi (5 ta shtat birligi ajratiladi);
➡️boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda “Harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari” va “Jismoniy tarbiya rahbari” lavozimlari saqlab qolinadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41925

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_akademiyasi #Assambleya

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi jarayonlaridan videolavha.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏15❤2🔥1🥰1🤔1
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

26-mart kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2