Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida “Ausbildung” tizimi orqali hamkorlikda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlanadi

26-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi rahbari Jung Ingo bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida texnikumlarda nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” tizimini joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur tizim nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatishga qaratilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42194

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2❤1🤔1
#XalqaroHamkorlik #Memorandum

Fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan istiqbolli qadamlar belgilab olindi

26-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Gruziya Iqtisodiy va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Irakliy Nadareishvili o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida innovatsion infratuzilma subyektlari — texnoparklar, biznes-inkubatorlar va akseleratorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikki tomonlama “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42196

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11👏3🔥2🤔2😁1
#RektorVaTalabalar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov va rahbariyat vakillari
talabalar turar joyida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar va umumiy yashash muhiti bilan tanishdi.

Talabalarga yaratilayotgan sharoitlar doimiy e’tiborda bo‘lishi va ularning qulay yashashi uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍44😁15🤔3🔥2❤1