Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Amaliyot #TalabaMinbari

“O‘qituvchilik kasbini tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman” - BuxDPI talabasi


Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari malakaviy amaliyotni qanday o‘tkazmoqda?

Institutning axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi Nilufar Xolmurodovaning “4+2” malakaviy amaliyotidagi faoliyati yoritilgan.

Ushbu jarayon talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, pedagogik tajriba orttirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish imkonini yaratmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤13👏9🔥2😁1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅✅✅

⭐ “Ilhom” mukofoti sovrindoriga aylanmoqchimisiz?

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.

✍️“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi.

📜 Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi hamda asosiy respublika (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqichlaridan iborat.
‼️Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino, sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlarga rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz ishtirok etish imkoniyati mavjud!


✅ Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
➡️1-o‘rin — BHMning 100 barobari;
➡️2-o‘rin — BHMning 80 barobari;
➡️3-o‘rin — BHMning 40 barobari.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel kuniga qadar oliy ta’lim tashkilotining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga ariza bilan murojaat qiling!

✨Ishtirok eting, ilmiy-ijodiy bilimlaringizni sinab ko‘ring!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤2🔥2👏1
#Xushxabar #Eʼtirof #IlmFan

O‘zbekistonlik olimlar AQShda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada birinchi o‘rinni egalladi

23–27-mart kunlari AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida “TMS Annual Meeting 2025” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Harvard University, Massachusetts Texnologiya Instituti, Stanford University, Oak Ridge Milliy Laboratoriyasi, NASA, GE Aviation kabi dunyoning yetakchi tashkilotlaridan 4000 dan ortiq olimlar ishtirok etdi.

“University of Business and Science” Kuzatuv kengashi raisi, texnika fanlari doktori, professor Elyorjon Jumayev boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi “Yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining ta’siri chuqur tahlili” mavzusidagi ilmiy tadqiqoti bilan qatnashib, xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq deb topildi.

Tadqiqot zamonaviy materialshunoslik sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechim taklif etgani bilan e’tirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42321

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤9👏4🎉4🤩4
#bilasizmi?

❔Fuqarolik auditi nima?

Fuqarolik auditi – bu davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish va byudjet mablag'laridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish tizimlardan biridir.

Mazkur tizim davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bilan birga, uning samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish imkonini beradi.

Fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida nazorat obyektlarini tanlash jarayoni “
davlatauditi.uz” axborot portali orqali amalga oshiriladi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥9👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JadidlarMerosi

“Abdulla Qodiriy uy-muzeyi” – jadidlar xotirasining abadiylashtirilgan maskani

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar harakatining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodini keng yoritish maqsadida tashkil etilgan “Abdulla Qodiriy uy-muzeyi” o‘zbek madaniyati va tarixining bebaho yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Muzeyda yozuvchining shaxsiy buyumlari, noyob qo‘lyozmalari hamda jadidchilik harakatiga oid tarixiy hujjatlar namoyish etiladi.

📽 Ushbu videolavhada siz muzeyning muhim jihatlari va eksponatlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥3
🎭 27-mart – Xalqaro teatr kuni


Ushbu sana 1961-yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan IX kongressida ta’sis etilgan bo‘lib, hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatida teatr san’ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Xalqaro teatr kuni munosabati bilan har yili respublikamiz bo‘ylab teatr festivallari, spektakllar, uchrashuvlar va maxsus tadbirlar tashkil etiladi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovida har yili 160 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari ishtirok etib, 8 000 nafardan ortiq talaba-yoshlar qatnashadi.

Xalqaro teatr kuni bilan barcha teatr ijodkorlari va san’at ixlosmandlarini tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17😁3❤2🔥1
#Jarayon #RektorYoshlar

Talabalarning xavfsizligi va qulay sharoiti e’tiborda


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev boshchiligida ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari joyida o‘rganilmoqda. Bunda olis hududlardan kelgan talabalarning yashash muhiti, muammolari va ehtiyojlari atroflicha tahlil qilinmoqda.

Uchrashuvlar davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning turar joydagi sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, is gazi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Talabalar duch kelayotgan muammolar tinglanib, ularni hal qilish yuzasidan universitet rahbariyati tomonidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur jarayon tizimli ravishda davom ettirilib, talabalar farovonligi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥10😁4❤3🎉2
#XizmatSafari #Qashqadaryo

Muborak tumanida maktab bitiruvchi qizlarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi


27-mart kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Muborak tumani hokim o‘rinbosari Nurbek Abdinazarov maktab bitiruvchi qizlarni kasbga o‘rgatish, texnikumlar va oliy ta’lim bilan qamrovni oshirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari hamda 35 ta maktab direktorlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42408

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9🔥2👏1
Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬 Oliy ta’limda sifatni ta’minlash – global tendensiyalar va ilg‘or tajribalar Ushbu mavzudagi onlayn konferensiya oliy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar, innovatsion yondashuvlar hamda mikrosertifikatlash tizimining afzalliklari haqida…
⚡️Eslatma!

Birozdan so‘ng “Oliy ta’limda sifatni ta’minlash – global tendensiyalar va ilg‘or tajribalar” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn konferensiya boshlanadi.

📱 Platforma: Zoom (onlayn)

Ishtirok etish uchun havola:
👉https://us06web.zoom.us/j/86900286184?pwd=YXnZKiiuLAdXYssX5knyFV4v2BUbne.1

Konferensiya identifikatori: 869 0028 6184
Kirish kodi: 959623

Anjumanda:
➡️Mikrosertifikatlar: Kompetensiyalarni tasdiqlash va karyera imkoniyatlarini kengaytirish
➡️Bandlikni oshirish va mehnat bozoriga integratsiya
➡️Uzluksiz ta’limni rivojlantirish
➡️Oliy ta’lim standartlarini takomillashtirish kabi mavzularda fikr almashiladi.

Spikerlar:
🔹 Dr. Feruza Rashidova – Moderator
🔹 Mohira Alibekova – Ma’ruzachi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥1