Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#SayyorQabul #XizmatSafari

Qashqadaryoda vazir o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi

Muborak tumanining Paxtakor mahallasida, tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hamda Sardoba mahallasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning sayyor qabullari tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlarni kasbga yo‘naltirish, xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish hamda belgilangan toifadagi oilalar farzandlarini oliy ta’limga kirish imtihonlari uchun tayyorlov kurslariga jalb qilish, shuningdek, elektr ta’minoti, tomorqalarga oqova suv yetkazish kabi masalalar ko‘tarildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42458

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥2❤1😁1
#XalqaroHamkorlik

Sian neft universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

27-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev va Energetika vaziri o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilovning Sian neft universiteti prorektori Chjan Junszyun boshchiligidagi delegatsiya bilan qo‘shma uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, neft-gaz va neft-kimyo yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash borasidagi ikki tomonlama kelishuvni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42457

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟡 Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#Infografika

33 ta oliy ta’lim muassasasida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Mazkur markazlar bugungacha jami 33 ta oliy ta’lim muassasasida ochildi.

Markazlar Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ish boshladi (infografika):
📌 Toshkent shahrida – 12 ta
📌 Hududiy oliy ta’lim muassasalarida – 21 ta

Mazkur markazlar yoshlarning kasbiy rivojlanishi, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali kadr bo‘lib shakllanishi hamda amaliy tajriba orttirish, stajirovka va ish bilan ta’minlanish jarayonlariga ko‘maklashish kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Ushbu tashabbus Prezident qaroriga asosan amalga oshirilib, oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining bandligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yodizdami #birgamiz

Chirchiq davlat pedagogika universiteti orkestri – betakror ijodiy jamoa!

Bu noyob ijodiy guruh o‘ziga xos uslubi, jo‘shqin ijrosi bilan tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashib, musiqa sehrini yuraklarga singdiradi. Orkestrning ijodi faqatgina an’anaviy ohanglar bilan cheklanmay, zamonaviy musiqa oqimlari bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos yangi musiqiy asar yaratadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥4😁4❤3🎉2