Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jarayon #RektorYoshlar

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi


Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turobjonov mas’ullar hamrohligida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, ehtiyojlari va muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Ochiq muloqot davomida rektor talabalarning fikr va takliflarini tingladi. Shuningdek, talabalarga ilmiy-ommabop, badiiy-didaktik adabiyotlar jamlanmasi tuhfa qilindi. Universitet rahbariyatining tashabbusi bilan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3😁2🔥1
#Xushxabar #PrezidentFarmoni #QonunchilikYangiliklari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi

🔰“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
▪️har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
▪️saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish;

📜 “El-yurt umidi” jamg‘armasiga joriy yilda “Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.

✔️“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

🗓2025-yil 1-iyundan:
🟢nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
🟢nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

✔️Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔6❤4
#SoʻraganEdingiz

SAVOL: Nodavlat oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan talabaga majburiy xizmatga chaqiruv kelsa, uni o‘qish davrida chaqirish qanchalik to‘g‘ri? Kunduzgi yoki kechki ta’limda o‘qiydigan talabalar uchun bu holat qanday tartibga solinadi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yuridik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Farrux Fayziyev javob beradi
👉
https://gov.uz/oz/edu/news/view/42370

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥1
#Jarayon #RektorYoshlar

Ertamiz egalariga munosib ta’lim berish va imkoniyatlar yaratish bosh vazifamiz

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov talabalar turar joyida boʻlib, imkoniyati cheklangan talabalar sharoitlarini oʻrgandi.

Gulxan atrofida oʻtgan ochiq muloqotda talabalar oʻz fikr va takliflarini bildirishdi. Akademik ularni faollik va izlanishga undab:
“Sizlar – ertangi kunimizning asosiy tayanchi, millatimizning kelajagi va madaniyatimizning davomchilarisiz. Bugun olgan bilimingiz va ma’naviy boyligingiz kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi”,

deya ta’kidladi.

Samimiy muhitdagi uchrashuv talabalar oʻqishga ishtiyoqini oshirib, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤5🔥4🥰1🤩1
🧠💡📚

Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling!


O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.

Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi “Huquqiy yordam kerakmi?” panelidan foydalaning.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1🔥1
#XizmatSafari #Buxoro

Buxoroda imkoniyati cheklangan va ishsiz xotin-qizlar uchun inklyuziv IT markaz barpo etilmoqda

28-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Buxoro davlat texnika universitetida bo‘lib, ta’lim sifati va infratuzilmani rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastavval, inklyuziv IT markazi qurilish jarayonlari hamda universitetning “Yashil kampus” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, viloyatdagi oliygohlar rahbariyati va professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42717

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1
#XizmatSafari #Vazir #KasbiyTaʼlim

Vazir Nukus shahar 1-sonli Politexnikumiga tashrif buyurdi


28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Batirbek Kaipbergenov Nukus shahridagi 1-sonli Politexnikumga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Angliyaning Pearson dasturi boʻyicha xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish yoʻnalishidagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyiladigan xalqaro dasturlar doirasida oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv xonalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42720

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28🤔4👏2🎉2🔥1