#XizmatSafari #Vazir #KasbiyTaʼlim
Vazir Nukus shahar 1-sonli Politexnikumiga tashrif buyurdi
28-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Batirbek Kaipbergenov Nukus shahridagi 1-sonli Politexnikumga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Angliyaning Pearson dasturi boʻyicha xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish yoʻnalishidagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyiladigan xalqaro dasturlar doirasida oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv xonalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42720
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍28🤔4👏2🎉2🔥1
#DavlatDasturi #Seminar
Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi
28-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. Seminar-trening shaklida o‘tkazilgan anjumanda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkiloti xodimlari hamda vazirlik Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova nutq so‘zladi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tadbir qatnashchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, davlat dasturida belgilangan – kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini 35 foizga, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi darajasini 44 foizga yetkazish, innovatsion faoliyat natijasida yangi ish o‘rinlari sonini 16 800 taga oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42721

👍17❤4🔥2👏1
#VazirKubogi #Sport #Targʻibot
📣 OTM yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkaziladi
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 5-aprel kuni soat 09:30 da Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport maydonida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqalar oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oʻrtasida sportni targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
📍 Manzil: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Konfutsiy instituti binosi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari oʻrtasida mini futbol, stol tennisi va shaxmat boʻyicha “Vazir kubogi” sport musobaqalari tashkil etiladi.
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 5-aprel kuni soat 09:30 da Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport maydonida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqalar oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oʻrtasida sportni targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥3🤔3