Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#DavlatDasturi #Seminar

Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

28-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. Seminar-trening shaklida o‘tkazilgan anjumanda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkiloti xodimlari hamda vazirlik Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova nutq so‘zladi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tadbir qatnashchilarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, davlat dasturida belgilangan – kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini 35 foizga, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi darajasini 44 foizga yetkazish, innovatsion faoliyat natijasida yangi ish o‘rinlari sonini 16 800 taga oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42721

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4🔥2👏1
#VazirKubogi #Sport #Targʻibot

📣 OTM yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqalari o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari oʻrtasida mini futbol, stol tennisi va shaxmat boʻyicha “Vazir kubogi” sport musobaqalari tashkil etiladi.


Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 5-aprel kuni soat 09:30 da Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport maydonida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqalar oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oʻrtasida sportni targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

📍 Manzil: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Konfutsiy instituti binosi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥3🤔3
#Teatr #Madaniyat

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Musiqali teatr san’ati” kafedrasi filiali ochildi


Muqimiy nomidagi  O‘zbekiston  davlat  akademik  musiqali teatrida tashkil etilgan mazkur filialga O‘zbekiston xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova nomi berildi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥5
#Targʻibot #TaʼlimTurizm

Chexiyada “O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi Chexiya davlatining Karlov universitetiga tashrif buyurdi.

Chexiyaning ilmiy doira vakillari mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda yurtimizning betakror qadimiy merosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda universitet hamkorligida ishlab chiqilgan dastur asosida tarannum etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤6🔥2