Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik

Nukusda talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi qurib bitkazilgan 500 oʻrinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Bayrambay Otemuratov, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, institut jamoasi, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yangi 500 o'rinli yotoqxonada talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Xususan, axborot-resurs va IT markazlari, xorijiy tillarni oʻrganish va tikuvchilik toʻgaraklari, shaxmat klubi, maʼnaviyat xonalari yoshlarning bilim va qobiliyatlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Shu bilan birga, nogironligi boʻlgan talabalar uchun ham maxsus xonalar ajratilib, zarur qulayliklar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6🔥4🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat #profilaktika_inspektori

Oliy ta’lim muassasasi profilaktika inspektorining ish kuni

Ushbu videorolikda Qarshi davlat universiteti profilaktika inspektorining kundalik faoliyati, talabalarning xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy vazifalar aks ettirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥3❤2😁1
#Jarayon #RektorYoshlar

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar bilan navbatdagi madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Rektor, prof. dr. Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan talabalar uchun tashkil etilgan bu kechada xushovoz xonanda, O‘zJOKUning Faxriy prorektori Shuhrat Daryo yoshlarning eng sevimli taronalarini ijro etdi.

Musiqiy chiqishlardan, mushoiraga, mushoiradan yana ommaviy kuy-qo‘shiqlarga ulangan bu badiiy kechada eng faol bo‘lgan talabalarga rektorning 100 ming so‘mlik vaucherlari tarqatildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥6❤1
#Sport

Zamonaviy sport majmuasi talabalar ixtiyorida

Joriy yilning 29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi sport majmuasi va sport maydonining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Dastavval, ramziy tasma kesilib, futzal, gandbol va basketbol sport turlariga ixtisoslashgan yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur obyektning qurilish-rekonstruksiya ishlari uchun institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 4 milliard 438 million so‘m ajratildi.

Tadbir asnosida futbol, yengil atletika va basketbolga ixtisoslashgan katta sport maydoni ham talabalarga tuhfa etildi. Umumiy 300 ta tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu kompleks 6 milliard 199 million so‘mlik mablag‘lar hisobidan yangi qiyofa kasb etdi.

Mazkur sport inshootlari yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish, talabalarning bu sohadagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥3🥰1👏1
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19👏3❤1
#XizmatSafari #Vazir

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri UrDUga tashrif buyurdi

Prezident qaroriga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida Respublikamizning jami 33 ta oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Jumladan, Xorazm viloyati talaba-yoshlari uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ham markaz faoliyati yo'lga qo'ldi.

29-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrifi chog'ida yoshlarning bandligini ta'minlash, o'z-o'zini mehnat faoliyati bilan jalb qilishga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan "Kelajakka qadam" markazi sharoitlari va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42811

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤6🎉2