Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-aprelga qadar ro‘yxatga olinadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

😎 Imtihon 18-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤3🔥2
✅ #Olimlar_minbari
24–30.03.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Yosh isteʼdodlarga qanot boʻlayotgan loyiha” — Oqil SALIMOV, akademik;

“Markaziy Osiyo muvozanati” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“Bahor nafasini his etmoq – baxt” — Sherzodxon QUDRATXOʻJA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

“Kelajakka tahdid boʻlmasin” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish zarur” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;

«Химическая промышленность станет ведущей отраслью в стране» — Ботир УСМАНОВ, ректор Ташкентского химико-технологического института, профессор;

“Oʻzbekiston-Fransiya taʼlim hamkorligi: kelajak sari ishonchli qadam” — Rivojiddin KARIMOV, Namangan davlat chet tillar instituti rektori, dotsent;

«Формула прогресса» — Мухиддин КАЛОНОВ, ректор Навоийского государственного университета, профессор;

“Qoʻshma taʼlim tashabbuslarini kengaytirish uchun katta imkoniyat” — Shuhrat TOSHMATOV, Oʻzbekiston milliy universiteti prorektori;

“Biz qachon kafolatli tibbiy xizmat koʻrsatish bosqichiga oʻtamiz?” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori;

«Важный партнер Узбекистана в Кавказском регионе» — Бахтиёр НАСИМОВ, первый проректор Ташкентского института текстильной и легкой промышленности;

“Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozim yoxud maʼrifatparvar bobomizning ijtimoiy-falsafiy qarashlariga bir nazar” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari;

“Oʻzbekiston tashqi siyosati tahliliga ilmiy yondashuv” — Turgʻunoy EGAMBERDIYEVA, Fargʻona davlat universiteti professori;

“Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish – asosiy vazifa” — Xurshid XUDOYQULOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Беречь каждую каплю» — Говхержан ЮЛДАШЕВА, профессор ТГЮУ;

“Qayta moliyalash stavkasi oʻzgardi. Buning taʼsiri nimalarda namoyon boʻladi?” — Maxfurat EGAMOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Bugungi xarajat – ertangi daromad. Taʼlimga ajratilgan investitsiya oʻzini oqlaydi” — Shavkat HASANOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti professori;

«Право на второй шанс» — Шаходат РАХИМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного экономического университета доцент;

“Toʻqimachilik sanoati taraqqiyotida investitsiyalar roli qanday?” — Goʻzal UMAROVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Принцип соразмерности: как защитить права человека, сохранив интересы общества» — Сарвиноз СУННАТИЛЛАЕВА, преподаватель ТГЮУ, магистр права Гентского университета (Бельгия);

«Международная дипломатия как фактор развития нового Узбекистана» — Шахноза РУСТАМОВА, Чехрангиз АСАДОВА, преподаватели Самаркандского государственного института иностранных языков.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍23🔥2❤1
#targʻibot #taʼlim

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti
APAIE 2025 koʻrgazmasida ishtirok etdi

APAIE (Osiyo-Tinch okeani xalqaro ta’lim assotsiatsiyasi) xalqaro ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi eng nufuzli tashkilotlardan hisoblanadi. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti mazkur tashkilotning Hindistonda o'tkazilgan yirik koʻrgazmasida Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi va uning imkoniyatlarini namoyish etdi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥1🎉1
#grant #magistratura

Yaponiyada magistratura uchun GRANT!


🛰“Oʻzbekkosmos” agentligi va Kyushu texnologiya instituti (Yaponiya) hamkorlikda yosh mutaxassislar uchun toʻliq grant asosida magistratura dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur doirasida sun’iy yo‘ldosh yaratish va orbitaga chiqarish bo‘yicha chuqur bilim olasiz hamda aerokosmik sohada istiqbolli ish bilan ta’minlanasiz.

🔹 Grant nimani qamrab oladi?

✔️ To‘liq o‘qish xarajatlari
☑️ Amaliyot va tadqiqot ishlari
☑️ Aerokosmik sohaga yo‘naltirilgan maxsus tayyorgarlik
✔️ Istiqbolli ish imkoniyati

*️⃣ Talablar:
◀️ 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari
◀️ Aniq fanlar yoki texnika yo‘nalishida bakalavr diplomi
▶️ IELTS 6.5+
▶️ 800 so‘zdan oshmagan motivatsion xat
◀️ Maxsus anketani to‘ldirish

📢 Ariza topshirish bosqichlari:
1️⃣ training.cmspace.uz sahifasiga kiring va anketani to‘ldiring
2️⃣ “Ariza qoldirish” tugmasi orqali ma’lumotlaringizni to‘ldiring
3️⃣ “Kategoriya tanlang” bo‘limidan “Kyushu Institute of Technology”ni tanlang
4️⃣ Hujjatlaringizni RAR (ZIP) formatida yuklang

🚀 Kelajagingizni aerokosmik sohada qurish imkoniyatini boy bermang!

🛫 Yaponiyada grant asosida o‘qib, kelajak texnologiyalarini yarating!

📅 Arizalar qabul qilish muddati cheklangan! Hoziroq hujjat topshiring!

❗️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: training.cmspace.uz

🌐Aloqa uchun: +998916934394

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤5🔥1
#Rektor_talabalar

Talabalar turar joyidagi sharoit va imkoniyatlar o‘rganildi

Namangan davlat texnika universiteti rektori v.v.b Muhammadjon Dadamirzayev talabalar turar joyida bo‘lib, yotoqxonadagi mavjud qulayliklar, kutubxona, kompyuter va xizmat ko‘rsatish xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4👏4🔥1
🟦🟦🟦

Ilmiy tadqiqot ishingiz uchun zamonaviy laboratoriya va noyob ilmiy obyektlardan bepul foydalanishni istaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun!

2025-yil 1-apreldan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Hujjatlar 30-aprelgacha https://akadem.ilmiy.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan shartlar:

- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.


Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

“Akademik harakatchanlik” dasturi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Arizalar topshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha: (71) 203-32-23 (246)

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3🔥2🤔1