Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Targʻibot #TaʼlimTurizm

TerDU delegatsiyasi a’zolari Shveysariyada ham “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.


Ma’lumki, joriy yilda YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va targ‘ib qilish ishlariga respublikamizdagi qator oliy ta’lim muassasalari ham jalb etilgan.

Shunga asosan, TerDU rektori A.Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Jeneva xalqaro munosabatlar va taraqqiyot instituti (Geneva Graduate Institute) hamda Lozanna universiteti professor-o‘qituvchilariga yurtimizning o‘ziga xos jihatlarini videoroliklar hamda ko‘rgazmalar orqali targ‘ib qilishdi.

"O'zbekistonning boy tarixi, Samarqand afsonalari haqida tarixiy manbalarga duch kelganman. Ushbu tashrifingizdan keyin albatta sizning yurtingizga borishni reja qildim", - deydi mezbon oliygoh professori David Rodogno.


Ma‘lumot o‘rnida, ma’naviy-ma’rifiy tadbir mazkur ta’lim dargohidan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahrida joylashgan BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasida ham tashkil etildi.

Taomilga ko‘ra, tadbir ishtirokchilariga milliy qadriyatlarimiz namunalari sovg‘a qilindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍21🔥1👏1
#Malaka_oshirish #Belarus

Oʻzbekiston kasbiy taʼlim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari Belarusda malaka oshirmoqdalar.

1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi kasbiy taʼlim muassasalarining 23 nafar boshqaruv va pedagog kadrlari Belarus Respublikasining Professional taʼlimni rivojlantirish instituti va professional taʼlim muassasalarida bir haftalik malaka oshirish kursini oʻtamoqdalar.

Kursda tinglovchilar avtomobillarni ishlatish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish, metallga ishlov berish, qayta tiklanuvchan energiya manbalari, nashriyot-matbaa, tikuvchilik kabi yoʻnalishlar boʻyicha kollejlar huzurida tashkil etilgan kompetensiya markazlari va laboratoriyalari bazalarida amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/43385

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fan_olimpiadasi
#fizika_matematika_kimyo

Endi bilimdonlar avtomashina egasiga aylanishlari mumkin!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Muhandislik oyligi” doirasida Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasiga start berildi.

Unda maktab, kollej, litsey va texnikum bitiruvchilari fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan o’z bilimlarini sinab ko’rishlari mumkin.

Eng muhim jihati g‘oliblar:

🚍1-o‘rin – Damas (har bir yo‘nalish bo‘yicha)
💰2-o’rin – 20 mln so’m (har bir yo‘nalish bo‘yicha)
💰3-o’rin – 10 mln so’m (har bir yo‘nalish bo‘yicha) bilan taqdirlanadi.


Ushbu sovrinlardan tashqari, o‘nlab turli miqdordagi pul mukofotlari ham mavjud.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
@register_tanlov_bot
Ma’lumot olish: +99895-659-23-34

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4🎉2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi
#kelajak_muhandislari
#yoshlar_akademiyasi

3-aprel kuni "INNO" innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari o‘rtasida  “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida “Oliygoh kubogi” tanlovi start oldi.

Bunda talabalar Robototexnika, Kiberxavfsizlik va Sun’iy intellekt musobaqalarida oʻzaro bellashishmoqdalar. Ushbu tanlovga respublikamizning muhandis oliy ta'lim tashkilotlarining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishmoqda.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤4🥰2🤔1
#Mirziyoyev #sammit #YevropaIttifoqi #hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand sammiti doirasida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—

На полях Самаркандского саммита Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Президентом Европейского совета Антониу Коштой и Президентом Европейской комиссии Урсулой фон дер Ляйен.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1