#TDTU #Tarmoq_korxona_oliygoh
📺 Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti “BUGUN” informatsion dasturida!
❗️ Fakultetga qarashli 7 ta kafedra haqida “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “BUGUN” informatsion dasturida maxsus lavhalar efirga uzatildi.
⚪️ Lavhalarda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
◀️ “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida o‘quv jarayonining tashkil etilishi;
◀️ Korxonalar bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi;
▶️ Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalar;
▶️ Iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan maqsadli ishlar.
⚙️ TDTU va sanoat korxonalari hamkorligi natijasida talabalar amaliy tajribaga ega bo‘lib, o‘z sohalarining yetuk mutaxassislariga aylanmoqdalar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📺 Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti “BUGUN” informatsion dasturida!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥2❤1👏1
🟢 Chirchiq davlat pedagogika universitetining talabalar turar joyi hududida “Mendan keyingi 1000 qadam - seniki” loyihasi o‘tkazildi;🟢 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 1-sonli TTJdagi talabalarni bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida mini-futbol turniri tashkil etildi;🟢 Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori talabalar turar joyida yoshlar bilan uchrashdi;🟢 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining mas’ullari 1-sonli talabalar turar joyida psixolog bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi;🟢 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabalar turar-joyida iliq va samimiy bayram kechasi bo‘lib o‘tdi;🟢 Urganch davlat pedagogika instituti TTJda talabalar uchun osh tarqatildi, rektor ular bilan birga tanovul qildi;🟢 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida talabalar bilan o‘zaro suhbat o‘tkazilib, yangi qurilayotgan talabalar turar joyi binosi bilan tanishildi;🟢 SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 1-son TTJ talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi;🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti 1-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar uchun osh tarqatildi;🟢 Buxoro davlat universiteti TTJ 2-binosida iftorlik dasturxoni tashkil etilib, milliy taom osh tayyorlandi;🟢 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar turar joyi sport maydonchasida talabalar bilan tonggi badantarbiya mashqlari bajarildi;🟢 O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-son talabalar turar joyida mas‘ullar talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi;🟢 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining TTJ da istiqomat qilayotgan talabalar uchun “Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyati” haqida to‘liq ma’lumot berildi;🟢 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida yashaydigan talabalar uchun osh tayyorlanib tarqatildi;🟢 Qoraqalpoq davlat universitetining 9-sonli talabalar turar joyi oldida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi;🟢 Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Maxamaddinovich talabalar turar joyida ochiq muloqot o‘tkazdi;🟢 O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori talabalar turar joyiga tashrif buyurib yotoqxonada istiqomad qilayotgan talabalarning yashash sharoiti bilan tanishdi;🟢 Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joylari va ijarada yashash sharoitlari o‘rganildi;🟢 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati 6-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi;🟢 Namangan davlat texnika universiteti mas’ullari tomonidan ijarada yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi;🟢 Namangan davlat pedagogika institutining ijarada istiqomat qiluvchi talabalari holidan xabar olindi;🟢 Qo‘qon davlat pedagogika institutining mas’ul xodimlari talabalarning muammolarini o‘rganish maqsadida ijarada yashayotgan talabalar bilan uchrashdilar;🟢 TTA Termiz filialida talabalar turar joyidagi sharoit va imkoniyatlar o‘rganildi;🟢 O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ma’sullari talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitni o‘rgandi;🟢 Guliston davlat universitetida tahsil olayotgan, hozirgi kunda ijarada yashovchi talaba qizlar yashash sharoitlari oʻrganildi;🟢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining fakultet professor-o‘qituvchilari ijara xonadonlariga tashrif buyurdi;🟢 Guliston davlat pedagogika instituti talabalarining ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda;🟢 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali ma’sullari tomonidan ijara xonadonlarida talabalar yashash sharoiti o‘rganildi;🟢 Navoiy davlat universiteti talabalar yotoqxonasi va ijarada istiqomat qiluvchi yoshlarning yashash shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3🔥3
Audio
#mutolaa #audiokitob
✍️ Agata Kristi. Ustasi farang o‘g‘rilar (hikoya)
“Ustasi farang o‘g‘rilar” – jinoyat va tafakkur o‘yiniga asoslangan sirli hikoya.
Agata Kristi ushbu hikoyasida bir toʻgʻnogʻichning yoʻqolishi natijasida kelib chiqqan zodagonlar oilasidagi katta muammolar va xizmatkorlarning ayblanishi orqali oʻsha davrning muammolarini koʻrsatmoqchi boʻlgan. Hikoya oddiy jinoyat tafsilotlaridan boshlangan bo‘lsa-da, muallifning o‘ziga xos uslubi bilan kutilmagan burilishlarga boy bo‘lib, o‘quvchini qiziqarli jumboqni yechishga undaydi.
📚 3000 dan ziyod BEPUL elektron va audiokitoblar bu yerda: 📱Play Market / App Store
📖 Matn shaklida o‘qish uchun: HAVOLA
🎙Ushbu hikoya audiosini Muhammadjon Xoʻjayev o‘qigan.

👍20🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim
Sloveniya savdo-sanoat palatasi va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Sloveniya savdo-sanoat palatasi va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2😁1😱1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga avvalroq to‘ldirilgan arizalarni tahrirlash imkoni paydo bo‘ldi!
⏺ Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.
Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈 2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉 3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.
Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!
🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
📋 TANLOV NIZOMI
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Endilikda siz ushbu tanlovga avvalroq to‘ldirgan arizangizni tahrirlash, ma‘lumotlarni qayta yuklash va nizom bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni qayta ko'rib chiqib taxrirlash imkoniga egasiz!
Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!
📋 TANLOV NIZOMI
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.
Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik
Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!
So‘nggi paytlarda onlayn firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun ehtiyotkor bo‘ling!
Ogohlik – xavfsizlik garovi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ EHTIYOT BO‘LING! ONLAYN FIRIBGARLIK!
Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!
So‘nggi paytlarda onlayn firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun ehtiyotkor bo‘ling!
Ogohlik – xavfsizlik garovi!
Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥1
#dayjest #yashil_makon
#ziyolilar_bog‘i #marafon
➡️ Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
➡️ Andijon davlat chet tillari instituti;
➡️ Buxoro davlat universiteti;
➡️ Navoiy davlat universiteti;
➡️ Andijon davlat tibbiyot instituti;
➡️ Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➡️ OʻzMU Jizzax filiali;
➡️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
➡️ Nukus konchilik instituti;
➡️ Milliy rassomlik va dizayn instituti;
➡️ Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
➡️ SamDU Urgut filiali;
➡️ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
➡️ Jamoat xavfsizligi universiteti;
➡️ Namangan davlat texnika universiteti;
➡️ Urganch innovatsion universiteti;
➡️ TATU Nukus filiali;
➡️ Urganch davlat universiteti;
➡️ Qoraqalpoq davlat universiteti;
➡️ Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;
➡️ Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
➡️ TATU Fargʻona filiali;
➡️ Toshkent davlat agrar universiteti;
➡️ TKTI Shahrisabz filiali;
➡️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;
➡️ ISFT instituti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#ziyolilar_bog‘i #marafon
Respublikamiz bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤩3❤2🔥1
#Xushxabar #Eʼtirof
#WorldSkills #Novosibirsk
Joriy yilning 2-3-aprel kunlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilgan “Elektriklar chempionati – 2025” da ishtirok etgan Bulung‘ur tumani 1-son politexnikumi o‘quvchisi Saidumar Norqo‘ziyev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Elektriklar chempionati – 2025” elektrik kasbini ommalashtirish va mutaxassislar uchun doimiy rivojlanish tizimini yaratishda ta’lim hamkorlari, biznes va professional jamiyat vakillari hamkorligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan soha mutaxassislari uchun keng ko‘lamli musobaqadir.

👍9👏8🔥1
#muhandislik_oyligi
#kelajak_muhandislari
#yoshlar_akademiyasi
“Robotlar jangi” musobaqalariga taklif etamiz
🔥 “Robotlar jangi” musobaqasida 18-30 yoshdagilar individual yoki jamoa bo‘lib ishtirok etishlari mumkin. Jangovor robotlar o‘z kuchi, tezligi va taktikasini namoyish etib, arenada bellashadi.
🤖 Robotga qo‘yiladigan talablar:
- og‘irligi: 80 kg gacha;
- o‘lchami: 100x100x100 sm yoki 1m³;
- mustaqil energiya manbalaridan: barareyka va akkumulyatorlardan foydalanish;
- mexanik yoki pnevmatik tizimlar bilan jihozlash;
- robotlarni masofadan boshqarish.
❗️ Eslatib o‘tamiz, musobaqa uchun rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Musobaqaga ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarni o‘z vaqtida belgilangan manzilga kelishlarini so‘raymiz.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish👈
📍 Manzil: Zakovat arenasi
📅 Sana: 15-16.04.2025
🕔 Soat: 9:00

👍7❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot #TaʼlimTurizm
FarDU delegatsiyasi a’zolari Gruziyada O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi taqdimotiga bagʼishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar
Ma’lumki, joriy yilda YUNЕSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va targ‘ib qilish ishlariga respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ham jalb etilgan.
Xususan, Fargʼona davlat universiteti delegatsiyasi ham Gurjistonning Tbilisi shahrida joylashgan Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi davlat universiteti (TSU) professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlariga yurtimiz, xalqimiz qadriyatlari, anʼanalari, buyuk tarixi, qadim uch ming yillik madaniyati namoyishiga bagʼishlangan milliy koʼrgazmalar, madaniy dastur taqdim etdilar.
👉на русском

👍9❤2👏2🤩1