Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🗣“Talaba-yugur” musobaqasi boshlanish arafasida!


Bugun, 5-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilingan Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar start chizigʻida joylashib, musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Maydondagi har bir ishtirokchida musobaqaga bo‘lgan ishtiyoq va hayajon sezilmoqda.

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😁3🤔3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Gulistonda “Talaba-yugur” musobaqasi boshlandi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24😁7❤2🔥2👏2
#xizmat_safari #Samarqand

Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun qulayliklar yaratiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Samarqandga qilgan xizmat safari davomida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida ham bo‘ldi.


Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥3👏1🤔1
#maqola

“Yangi umid va imkonlar sari dadil qadam”


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yilning 5-aprel kungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Yangi umid va imkonlar sari dadil qadam” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥1
#talaba_yugur

Guliston shahrida o‘tkazilgan “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasi ko‘tarinki ruhda yakun topdi. Yugurish yo‘lagida g‘ayrat va matonat namunasini ko‘rsatgan talabalar orasidan eng kuchlilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

➡️Qizlar orasida:
—Saidmurodova Shohida
—Sobirova Kamola
—Qurbonboyeva Gulibonu
—Joʻrayeva Sevara
—Mamatqulova Nodira
—Oʻrozaliyeva Fotima;

➡️Yigitlar orasida:
—Dadajonov Ozodbek
—Shapoatov Sarvar
—Bekmurodov Yunus
—Karimov Ozodbek
—Mustafoqulov Sardor
gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Bu g‘alaba nafaqat shaxsiy yutuq, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda yoshlarimizning faol ishtirokini ko‘rsatdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
#qonunchilik_yangiliklari

Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Prezidentning 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zomin tuman 1-son hamda Ohangaron shahar politexnikumlarida injenerlik maktablari tashkil etildi.


💬 Unga ko‘ra, injenerlik maktablarining faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

🔸 elektronika sanoati va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
🔹 ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan amaliy ta’lim berish;
♦️ soha korxonalaridan amaliyotchi mutaxassislarni jalb qilish;
🔹xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘quv dasturlarini joriy etish.

▶️2025/2026-o‘quv yilida kasbiy ta’lim tashkilotlarida:

➡️injenerlik maktablarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha umumta’lim tashkilotlarida kasbga yo‘naltirish tashkil etiladi;
➡️injenerlik sohasida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida tayyorlash va ularning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
➡️dars jadvali, o‘quvchilar baholarini qayd qilish, pedagog kadrlar o‘quv yuklamalarini belgilash va guruh jurnallari raqamlashtiriladi.
➡️ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishi uchun Davlat byudjetidan har yili 5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

⌛️ Shuningdek:

✔️ kasbiy ta’lim tashkilotlari injenerlik maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish parametrlariga mos ravishda o‘qituvchilar
va ishlab chiqarish ta’lim ustalari
bilan ta’minlanadi;
☑️ kasbiy fanlar o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining sanoat hamkor korxonalarida stajirovkasi yo‘lga qo‘yiladi;
☑️hamkor sanoat korxonalari mutaxassislari va tegishli oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari, kasbiy ta’lim tashkilotlari malakali o‘qituvchilari jalb qilingan holda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1