Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Rossiyaning "Жизнь других" teledasturi ijodiy guruhi Buxoro davlat universitetida

Rossiyaning "Первый канал" telekanalining "Жизнь других с Жанной Бадоевой" nomli mashhur ko‘rsatuvi ijodkorlari Buxoro davlat universitetining talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, Axborot resurs markazi hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishib, korsutuv epizodlarini suratga tushirdilar.

Ko‘rsatuv doirasida Buxoro shahrining boy tarixiy merosi, milliy urf-odatlari va zamonaviy taraqqiyot jarayonlarini ham yoritishni rejalashtirilgan. Mazkur safar doirasidagi lavhalar "Жизнь других с Жанной Бадоевой" dasturining navbatdagi sonida tomoshabinlarga namoyish etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_Kongress

Samarqandda Yevroosiyo tibbiyot kongresslari o‘tkazildi


4–6 aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2-Yevroosiyo tibbiyot kongressi va 1-Yevroosiyo hamshiralar kongressi bo‘lib o‘tdi.


Kongressda Rossiya, Turkiya, Germaniya, Xitoy, Qozog‘iston kabi davlatlardan 400 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi, robot va laparoskopik jarrohlik, saratonni erta aniqlash, tibbiy ta’limdagi innovatsiyalar kabi mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek, kongress doirasida 25 dan ortiq mahorat darslari, 15 ga yaqin jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Samarqandda ilk bor murakkab robot operatsiyalari ham amalga oshirildi.

SamDTUga “ECAQA” tomonidan xalqaro akkreditatsiya sertifikati topshirildi. Bu diplomlarning xorijda tan olinishiga imkon yaratadi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2🔥2👏2
#tanlov
#muhandislik_oyligi
#yoshlar_akademiyasi

🔻“3D modellashtirish” tanlovida qatnashing!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli musobaqalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 15–16-aprel kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlov bo‘lib o‘tadi. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
🗓 Sana: 15–16-aprel
🕖 Soat: 9:00

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥1👏1😱1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Viktorinada qatnashib, smartwatch, quloqchin, airpods va kitoblar to‘plamini yutib oling!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron” onlayn viktorinasiga start berildi!

💠 Viktorinada qatnashish uchun ishtirokchilar @bilimtanlovbot manzili orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari va tanlov targibotini amalga oshirishlari kerak. Tanlovda barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

📌 Tanlov nizomini o‘qish

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi:

♦️1 nafar 1-o‘rin – Smartwatch + Quloqchin + Airpods;
♦️2 nafar 2-o‘rin – Smartwatch + Airpods;
♦️3 nafar 3-o‘rin – Quloqchin;
🔹Test bo‘yicha g‘olib bo‘lganlar kitoblar to‘plami bilan ham taqdirlanadi.
🎁Tanlov doirasida syurpriz sovg‘alar ham mavjud.

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤2🔥1
#muhandislik_oyligi #yoshlar_akademiyasi

O'zbekiston texnologik metallar kombinati "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali g'oliblariga homiylik mablag'i ajratdi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Muhandislik oyligi" doirasida "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali ham start oldi.

Mazkur festival doirasidagi musobaqa va tanlovlar g'oliblari vazirlik hamda "Yoshlar akademiyasi" tomonidan munosib rag'batlantiriladi. Shuningdek, "O'zbekiston texnologik metallar kombinati" aksiyadorlik jamiyati ham festivalda homiy sifatida ishtirok etib, g‘oliblarga maxsus mukofotlar taqdim etadi.

🌐Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo'lganlar ushbu sayt orqali batafsil ma'lumot olishlari va ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2🔥1
#sport_festivali

“Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” sport festivali bo‘lib o‘tdi


Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” nomli sport festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sport vazirligi rahbariyati, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Ochilish marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari va yoshlarning faolligi alohida ahamiyatga ega ekanini, ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqi esa keng jamoatchilik uchun ibrat bo‘lishini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44602

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤4🔥2
#seminar_trening

Dasturiy budjetlashtirish tizimini samarali joriy etish bo‘yicha seminar tashkil etildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda 2026–2028-yillar uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi budjet dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44526

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🔥1👏1🤩1